O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


iktisodiyotining bunday shakllariga ko’pincha quyidagilar kiritiladi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə204/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

iktisodiyotining bunday shakllariga ko’pincha quyidagilar kiritiladi: 1) litsenziya berish; 2)
franchayzing; 3) boshqaruv shartnomalari; 4) texnik va marketing xizmatlari ko’rsatish; 5)


186
korxonalarni “kalit ostida” topshirish; 6) vaqt bo’yicha cheklangan qo’shma korxonalar tuzish


haqidagi shartnomalar va alohida operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar.
Litsenzion kelishuv yuridik shartnoma bo’lib, unga ko’ra litsenziar litsenziantga bir qancha
muddatga ma’lum to’lov evaziga ma’lum huquqlar beradi. Litsenziya berish transmilliy
korporatsiyaning ichki firma shartnomalari bo’yicha ham, texnologiya berishning tashqi
kanallari bo’yicha ham amalga oshiriladi.
Franchayzing-uzoq muddatga mo’ljallangan litsenzion kelishuvdir. Bunda franchayzer
klient-firmaga ma’lum huquqlar beradi. Bu huquqlar o’z ichiga ma’lum to’lov evaziga savdo
markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek texnik yordam ko’rsatish, ishchi kuchi
malakasini oshirish, savdo va boshqarish bo’yicha xizmat ko’rsatishni oladi.
Texnik xizmat ko’rsatish shartnomaga ko’ra transmilliy korporatsiyalar ushbu firma
faoliyatining qandaydir maxsus tomoniga bog’liq bo’lgan texnik xizmatlarni amalga oshiradilar.
Ko’pincha bunday shartnomalar mashina va uskunalarni remont qilish, “nou-xau”dan
foydalanish bo’yicha maslahatlar, avariyalarni tugatish va sifatni nazorat qilish bilan bog’liq
bo’ladi.
Korxonani “kalit ostida” topshirish xaqidagi shartnomalar. Bunda transmilliy korporatsiya
ma’lum ob’ektni rejalashtirish va qurish uchun zarur bo’lgan barcha (yoki asosiy ko’pchilik)
faoliyatni amalga oshirish javobgarligini oladilar.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan xalqaro bozorlarni egallashning eng yangi
shakllaridan biri xorijda maxsus investitsion kompaniyalar tashkil kilishdir. Bu
kompaniyalarning vazifasi TMKning shu’ba va hamkorlikdagi korxonalarining mahsulotlarini
mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag’batlantirish uchun ularni investitsiyalashdir. Bunday
usuldan alkogolsiz ichimliklarni sotish bo’yicha eng yirik xalqaro kompaniyalar “Pesi-kola” va
“Koka-kola” foydalanishadi.
Transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon xo’jaligining muhim ishtirokchilariga
aylandilar.
Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi
iqtisodiy aloqalarning xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy
kompaniyalarning o’zlarining xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat
ko’rsatishlarining ulushi kattadir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin