O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


milliy xo’jalikda yaratilgan, taqsimlangan va foydalaniladigan pirovard



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə20/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

milliy xo’jalikda yaratilgan, taqsimlangan va foydalaniladigan pirovard
yakuniy mahsulotlar qiymatidir. YaMM mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha
mahsulot va xizmatlar yig’indisining pul shaklidagi ifodasidir (mamlakatda yoki
uning tashqarisidagidan qat’iy nazar). Milliy xo’jalikda yaratiladigan juda katta har
xil mahsulot va xizmatlar iste’mol tovarlariga va investitsiya tovarlariga yoki
ishlab chiqarish vositalari mahsulotlariga bo’linadi. Bu ko’rsatkich, ya’ni YaMM
ko’rsatkichi 1987 yildan BMT metodologiyasi bo’yicha hisoblana boshlandi.
Ma’lumki har xil davlatlarda tashqi savdo salьdosi (qoldig’i) bir xil emas va
u YaMM tarkibiga qo’shiladi. Bu, o’z navbatida, YaMM hajmini o’zgartirib
yuboradi. Natijada YaMM ko’rsatkichi taqqoslab bo’lmaydigan holga kelib qoladi.
SHuning uchun mamlakat iqtisodini rivojlanish darajasini aniq ifodalaydigan
ko’rsatkich bo’lib, yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi (YaIM) hisoblanadi.
YaIM – bu mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi
ko’rsatkichdir. U mazkur mamlakat hududida pirovard iste’mol uchun ishlab
chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatiga tengdir.
YaIM jami ijtimoiy mahsulot- YaIM (C+V+M) dan tubdan farq qiladi. Bu
farqlar quyidagilardan iborat:
YaIM- bu iste’molga tayyor xayotiy ne’matlarni bildiradi. SHu sababli
uning tarkibiga qayta ishlash yoki qaytadan sotishga mo’ljallangan mahsulotlar
kirmaydi. Masalan: xom ashyo, material, yonilg’i, energiya, urug’lik, ozuqa,
ЯММ = ЯИМ +
Шу
мамлакат
юридик
ва
жисмоний
шахсларининг
хориждан оладиган фойда ва
даромадлари

Хорижий
инвесторлар
ва
ишчиларни шу мамлакатдан
олган фойда ва даромадлари
Кўрсаткич =
ЯИМнинг амалдаги баҳоларда
ЯИМ солиштирма баҳоларда


21
transport xizmati, ulgurji savdo, tijorat, moliyaviy xizmatlar va boshqalar YaIM


qiymatiga qo’shilmaydi. Aks holda YaIM ham takroriy hisoblardan holi bo’lmas
edi.
YaIM- bu ichki mahsulotdir. CHunki u mazkur mamlakat hududida
joylashgan barcha rezidentlar (qaysi millat va qaysi davlat fuqarosiga mansub
ekanligidan qat’iy nazar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar
qiymatini ifodalaydi.
YaIM natura va pulda hisoblanadi. Naturada ayrim mahsulotlarning hajmi,
miqdori, soni aniqlanadi. Masalan: ko’mir, paxta, don, tsement kabilarning miqdori
tonnada, taxta, gaz esa kubometrda aniqlanadi.
Mahsulotlar xilma-xil bo’lganidan ularni yagona moddiy- naturada aniqlab
bo’lmaydi. Masalan:o’qitish yoki davolash xizmatini tonna, m, m
3
orqali o’lchab
bo’lmaydi. SHu sababli ularning ko’lami (hajmi, miqdori, soni) necha pullik
xizmat ko’rsatilganiga qarab aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot hajmi yaratilgan mahsulotlar (M) va xizmatlar
miqdorini (X) ularning bozor narxiga (R) ko’paytmasidan iborat:
Mazkur mavzuni yakunlar ekanmiz quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin:
1. YaIM tarkibida xizmat ko’rsatish sohalarining axamiyati orta boradi.
Oxirgi 40-50 yil ichida jahon miqyosida Fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi
moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan sohani tubdan o’zgartirib yuborayapti.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan sohaning chegarasi kengayib, ortib
borayapti. FTT yangi texnologiyalarni yaratadigan bevosita ishlab chiqarish
kuchiga aylanib borayapti.
2. 80-yillar oxiridan boshlab AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarda
axborot ishlab chiqarish keng rivoj topmoqda. U kishilarni mehnat faoliyatini
uchinchi kuchli sohasiga aylanib qoldi. AQSH milliy iqtisodiyotida yangi
tarmoqning ulushi YaMM hajmida shu davr ichida 50 % dan oshgan.
3. O’zbekiston iqtisodiyotida ham xizmat ko’rsatadigan sohalarni ulushi
ortib borayapti va hokazo.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin