22
Raqobatbardoshlilik darajasi quyidagi besh muhim omilga tayanadi:
1.
Sanoat rivojlanganligi; Sanoat mahsulotlarini aholi jon boshiga to’g’ri
kelishi, sanoat mahsulotlari ulushi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
eksport
miqdori, umumiy xajmi. Ushbu ko’rsatkichlar Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent,
Andijon, Qashqadaryo viloyatlari bo’yicha hududlarga nisbatan ancha yuqoridir.
2.
Qishloq xo’jaligi rivoji; Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan qishloq
xo’jaligi mahsulotlari, 1 ga qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerga to’g’ri
keladigan suv miqdori, (ming m.kub), qishloq xo’jalik yerlari maydoni (ming ga),
fermerlar soni (10 ming kishiga).
3.
Xizmat ko’rsatish sektori rivoji; Aholi jon boshiga to’g’ri
keladigan
pullik xizmatlar, hududning pullik xizmatlari ulushi, pullik xizmatlarning umumiy
xajmi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
savdo aylanmasi, hududning umumiy
savdo aylanmasi ulushi.
4.
Hududlarni investitsiya faolligi; Umumiy investitsiya hajmida hududning
investitsiya ulushi, asosiy kapitalidagi investitsiya ulushi (mlrd so’m)
xorijiy
investitsiya (mln so’m), asosiy fondlar harakati (mlrd so’m), nodavlat sektordagi
qurilish ishlari (mlrd so’m)
5.
Inson kapitali; Oliy o’quv yurtlarida o’qiydigan talabalar soni (10 ming
kishi), OO’Yularda tayyorlanadigan mutahassislar soni ( 10 ming kishi), ilmiy
hodimlar (10 ming kishi), shahar aholisining zichligi (1000 kishi kv.km)
Bu o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi:
Ichki va tashqi bozordagi raqobatbordoshlilik o’zaro
jiddiy farq qilishi
mumkin. Bu bozorlarda ichki va tashqi muhitni tashkil etuvchi omillarning turlicha
ekanligi, ya’ni to’lovga qodir talab hajmi, ichki va tashqi bozordagi narxlar
o’rtasidagi farq, olib borilayotgan tashqi savdo siyosati hakazolar bilan belgilanadi.
O’zbekiston o’z
mustaqilligining dastlabki
yillarida, bozor
iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi
natijasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi boshqa ko’plab mamlakatlardan
farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib,
davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslikka
erishdi.
Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish
jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti
2005 yildan
e’tiboran yiliga 7 – 9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini
namoyish qila boshladi.
SHu o’rinda mamlakatimiz Prezidenti “O’zbekiston oxirgi yetti yil
davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida o’rtacha 8 – 8,5 foiz iqtisodiy
o’sishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror
rivojlanib
borayotganining yaqqol dalilidir”
5
, - deb ta’kidlagan edilar.
1-jadval
5
Президент И. Каримовнинг Ўзбекистон мустақиллигининг йигирма бир йиллигига бағишланган тантанали
маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи, 2012 йил 1 сентябр.