O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org
bozor iqtisodiyoti asos qilib olindi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar
tajribasidan, ayniqsa, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa qator Osiyo davlatlari
namunalaridan to’g’ri foydalanilgan holda, mumkin qadar tezroq, aholining hech bir tabaqasiga katta ziyon yetkazmasdan bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakligi davlat siyosatining mazmunini tashkil qildi. Buning uchun har taraflama keng
iqtisodiy islohotlar o’tkazish rejalashtirildi va respublikada bozor munosabatlariga
o’tishning quyidagi nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi:
· iqtisodning mafkuradan holi bo’lishi va uning siyosatdan ustuvorligi;
· davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
· qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi;
· xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish;
· bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tib borish.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari
surgan rivojlanishning bu besh tamoyili amalda o’zining xayotiyligini to’la
tasdiqladi. Amaliy ish jarayonida O’zbekiston tub iqtisodiy islohotlarni o’tkazishni
o’ziga xos yo’lini to’g’riligi va ta’sirchanligi tasdiqlandi. Bu tamoyillar jahon
jamoatchiligi tomonidan ma’qullandi. Mazkur tamoyillarni amalga oshirib,
respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, eng muhimi – bozor munosabatlarini
joriy etish sari bosqichma-bosqich ilgarilab borish ta’minlandi.
O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o’sish sari olib chiqdi, kelgusida uni
yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon
iqtisodiy adabiyotida xaqli ravishda taraqqiyotning «O’zbekiston modeli»,
«O’zbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bo’ldi. SHu borada bir misol
keltirish o’rinlidir. Bugun barcha davlatlarni tashvishga solayotgan, hali-beri
davom etayotgan, jahon miqyosida eng dolzarb,eng og’ir masala bo’lib turgan
moliyaviy-iqtisodiy inqirozni hisobga olgan holda, O’zbekiston oxirgi yetti yil
davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida o’rtacha 8-8,5 foiz iqtisodiy
o’sishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror rivojlanib
borayotganining yaqqol dalilidir. O’zbekiston iqtisodiyoti yigirma yil davomida
3,5 barobardan ziyod o’sdi. Yalpi ichki mahsulot jon boshiga 2,5 barobar oshdi.
O’zbekiston Respublikasi yaqin o’tmishda umumittifoq xalq xo’jaligi
majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. SHu bilan birga Sobiq ittifoqdagi mehnat