8
5. Iqtisodiyotning boshqarish shakllarini qayta qurish, yangi boshqaruv
tashkilotlari tizimini yaratish, davlat boshqaruvini tashkil qilishni
o’rganadi.
Milliy iqtisodiyot fani boshqa
iqtisodiy fanlar bilan, hususan iqtisodiyot
nazariyasi, statistika, iqtisodiy geografiya, tarix, sotsiologiya, makroiqtisodiyot,
mikroiqtisodiyot, iqtisodiy ta’limotlar tarixi va boshqa fanlar bilan chambarchas
bog’liqdir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy
qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo, iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq.
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati,
ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish
jarayonlarini, shu bilan birga, iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal
qilish mexanizmini o’rganadi. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandan buyon
rivojlanib takomillashib kelayapti.
Milliy iqtisodiyot kursi iqtisodiy rivojlanishni va takomillashishining bir,
maxsus davriga, ya’ni markazdan turib boshqariladigan iqtisodiyotni bozor
iqtisodiyotiga o’tish davriga to’g’ri keladi. Bu eski iqtisodiy tizimni tubdan isloh
qilish va yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish davrini
ifodalaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni takror ishlab chiqarish
Milliy
Dostları ilə paylaş: