6
bozori, ipoteka bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, fond bozori, mehnat bozori,
intellektual mulk ob’ektlari bozori, uy-joy bozori va boshqalardan iborat.
Xarakat qilish va boshqarish darajasi bo’yicha milliy iqtisodiyot
makrodarajada (butun iqtisodiyot) mezodarajada (tarmoqlar, mintaqalar) va
mikrodarajada (korxona, birlashchi ishlab chiqarish) tahlil qilinadi.
Milliy iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatish shakli
bo’lib, mamlakat hududida yashovchi asosiy millat (xalq)ning tarixan shakllangan
va rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadigan, mahalliy,
o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xo’jalik tarmoqlari, korxonalari, mehnat
uyushmalari, xududlari va mintaqalari tizimidir.
Milliy iqtisodiyot fani – iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish
muammolarini yangi sharoitda, mustaqillik sharoitida o’rganadigan iqtisodiy
fanlar tizimidagi yosh fandir.
Milliy iqtisodiyot
– bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan,
mujassamlashtirgan kompleksdir.
Milliy iqtisodiyot – bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim
elementlarini o’zaro bog’liqligidir.
Milliy iqtisodiyot- iqtisodiyotni ham milliy (nomos), ham iqtisodiy
(oikos)qismlarini birlashtiradi. “Milliy” so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib
“natio”-xalq so’zini bildiradi.”Iqtisodiyot” esa grekcha so’zdan olingan bo’lib
“oikonomike”- uy xo’jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi.
Iqtisodiyot,
milliy – deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini
ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi bilan bog’liq xodisadir. U
eng avvalo, XVII asrning o’rtalarida Angliyada qaror topdi. Hozirgi paytda uning
kapitalistik, sotsialistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi
kapitalistik shakllari mavjud. Masalan, kapitalistik milliy iqtisodiyotga uning
amerikacha, nemischa, yaponcha shakllari to’g’ri keladi. Sotsialistik milliy
iqtisodiyot esa Xitoy, Vьetnam va Kubada mavjud bo’lib, asosiy soha va
tarmoqlarda davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy
mulkchilik. Tovar-pul munosabatlariga asoslangan o’rta va kichik xo’jaliklarga va
boshqa bozor munosabatlariga keng yo’l ochilayotgan iqtisodiy faoliyat shakllarini
kiritish mumkin.
SHarqiy Yevropa mamlakatlarida va sobiq SSSRda o’ta markazlashgan
ma’muriy davlat sotsializmining inqirozga uchrashi natijasida vujudga kelgan
yangi mustaqil davlatlarda postsotsialistik iqtisodiyot qaror topdi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin bozor
munosabatlariga asoslangan, o’ziga xos demokratik milliy iqtisodiyotni
shakllantira boshladi. Mamlakatda davlat va xususiy mulkchilikka asoslangan,
ko’p ukladli aralash iqtisodiyot vujudga keldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
asosiy qismini shaxsiy, guruh, shirkat, jamoa, aktsiyadorlik korxonalar, dehqon va
fermer xo’jaliklari tashkil etmoqda.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat xayotining poydevoridir.
SHu boisdan «avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo’lgani
uchun, birinchi navbatda, uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki