«Tadbirkorlik faoliyati erkinlagining kafolatlari to’g’risida» va hokazolar kabi
600 dan oshiq qonunlar, 12 ta kodeks qabul qilindi. Kodeks bu sohalar bo’yicha
qabul qilingan qonunlarni mujassamlanishidir.
O’zbekistonda iqtisodiyotning asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarish sohasiga alohida e’tibor berildi va berilmoqda. Ushbu sohaning eng asosiy
tarmog’i sanoatning an’anaviy rivojlangan turlari – qishloq xo’jalik
mashinasozligi, kimyo sanoati kabilar bilan bir qatorda mutlaqo yangi sanoat
sohalarini tashkil etish zarur bo’ldi.
O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Uning asosiy bo’g’ini bo’lgan paxtachilik eng rentabelli va
xaridorgirdir. SHu sababdan, kelajakda ham paxtachilikni rivojlantirish, uning
tarmoq infrastrukturasida qulay, mos hajmini, salmog’ini aniqlash, shuningdek,
tola sifatini tubdan yaxshilab, dunyo standarti darajasiga keltirish eng dolzarb
muammodir.
Davlatimiz nisbatan katta hududga ega va uning geografik o’rni ham alohida
xususiyatlarga molik. Bu holat qurilish va transportni ham jadal sur’atlar bilan
rivojlantirish vazifasini qo’yadi. Yalpi ishlab chiqarish maydonlarini, uy-joy, yo’l qurilishi, madaniy-maishiy muassasalar, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarining mustaqil moddiy-texnik poydevorini yaratish qurilish sohasining
mazmunini tashkil etadi.
Sobiq SSSR davrida respublikada transportning muhim turi bo’lgan dengiz
transportiga ega emasligimiz, temir yo’lning esa past darajadaligi va faqat bir tomonga, shimolga qaratilganligi ushbu jabhalarda chuqur o’zgarishlarni amalga
oshirishni nazarda tutdi. SHuning uchun bu sohani rivojlantirishga katta e’tibor
berildi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, havo transporti respublika xayotida
muhim o’rin egallaydi. «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi
dunyoning ko’plab mamlakatlari bilan passajir va yuk tashish aloqalarini o’rnatdi.