Pochta aloqasi. O’zbekistonda dastlabki pochta aloqasi 1865 yil Toshkent yaqinidagi
Niyozbek qal’asi bilan CHimkent shahri o’rtasida yo’lga qo’yilgan. O’sha yili avgust oyida
Toshkentda birinchi pochta stantsiyasi ochildi, pochta yo’li Niyozbekdan Toshkentgacha
yetkazildi. 1868 yil Toshkent bilan Samarqand o’rtasida pochta aloqasi ishga tushdi. 1868 yil
fevralda Toshkentda Rossiya pochta va telegraf vazirligiga bo’ysungan Sirdaryo va Samarqand
viloyatlari pochta idoralari boshqarmasi tashkil etildi. Dastlab pochta ot-ulovda, temir yo’l
qurilgandan keyin temir yo’l orqali tashiladigan bo’ldi. 1885 yil 1 yanvardan Toshkent pochta
idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshladi. 1913 yil O’zbekistonda joylashgan 17
pochta-telegraf bo’limi, 18 pochta-telegraf idorasi ishladi. Telegraf aloqasi, asosan tijorat
maqsadlariga xizmat qildi. 10 telefon stantsiyasidan 9-tasi xususiy kishilar qo’lida edi.
Pochta aloqasi respublika aholisiga xat, gazeta va jurnallar, jo’natma, pul o’tkazmalari,
pensiya to’lovlarini yetkazib berdi. Pochta va matbuotni tashishda aviatsiya, temir yo’l,
avtomobilь transportidan keng foydalanildi.
Xat, jo’natma, pul o’tkazmalar, matbuot nashrlarini jo’natish va yetkazib berish yanada
yaxshilandi. Pochta aloqasi aloqaning eng keng tarqalgan va ommaviy turiga aylandi.
96
Pochta aloqasi tarmoqlarida mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalaridan keng
foydalaniladi.
Hozir O’zbekistonning barcha aholi punktlarida pochta korxonalari tarmog’i bilan qamrab
olingan. Pochta korxonalari «O’zbekiston pochtasi» kontserniga (1992) kiradi. Uning tarkibida
12 viloyat, Qoraqolpog’iston Respublikasi davlat pochta korxonalari boshqarmasi, Toshkent
xalqaro pochtamti, 195 aloqa uzeli va 3045 aloqa bo’limi ishlab turibdi.