95
2012 yilda telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya bo’yicha
ko’zda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida uzunligi 180 km.dan ortiq
bo’lgan “Boysun-Denov”, “Urgut-SHahrisabz” optik tolala aloqa liniyasi ishga tushirildi.
Farg’ona, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida teleuzatuv moslamalarini
o’rnatish orqali bosqichma-bosqich raqamli televidiniyaga o’tish amalga oshirildi. Bu aholini
mamlakatimiz bo’yicha raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 42%ga yetkazish
imkonini berdi.
Kompьyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
hamda
ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi
eng muhim vazifalari deb
quyidagilar hisoblanadi:
1.
Zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar
axborot bazalarini yaratish,
axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron
shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o’tish;
2.
Real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim
sohalarida
kompьyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining
zamonaviy kompьyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo’lishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish;
3.
Maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarining
ta’lim jarayoniga zamonaviy kompьyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda
ularni faol qo’llanishga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini kiritish;
4.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy
vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika,
tarmoq va
mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompьyuter va
telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali
mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
5.
Mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
texnikaviy
infratuzilmasini, ma’lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
6.
Milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g’oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy
etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini
ta’minlash;
7.
Sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish
va ularni eksport qilishni
rag’batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
8.
Mahalliy kompьyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda
ishlab chiqishni tashkil etishga ko’maklashish.
O’zbekistonda aloqa sohasi pochta aloqasi, telefon (mahalliy, shaharlararo, xalqaro)
aloqasi, telegraf aloqasi,
radioeshittirish, televidenie, matbuot tarqatish kabi tarmoqlarga
bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: