O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə189/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

hamdo’stligi tashkilotiga asos soldilar. Bu tashkilot doirasidagi vazifalarni hal
etish uchun Davlatlararo Kengash, Bosh vazirlar, tashqi ishlar vazirlari, mudofaa
vazirlari Kengashi, tashkilotning ishchi organi–Ijroiya qo’mita kabi instituttsional
tuzilmalar tashkil etildi. Bundan tashqari a’zo davlatlarining ulushlari hisobiga
Markaziy Osiyo banki barpo etildi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi tashkilotiga a’zo davlatlar boshliqlari
1999 yilning iyunь oyida Bishkekda Bojxona ittifoqini tuzishga erishish
to’g’risidagi fikrni ilgari surdilar. Bir yildan so’ng yesa Dushanbeda “Markaziy
Osiyo iqtisodiy hamdo’stligining 2005 yilgacha mo’ljallangan integratsion
rivojlanish Strategiyasi”ni tasdiqladilar. Ushbu hujjatda hamdo’stlikka a’zo
mamlakatlar iqtisodiyotlari integratsiyasi har bir mamlakatning hayotiy muhim
manfaatlari va xavfsizlik ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv jarayon ekanligi
ta’kidlandi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligiga a’zo davlatlar rahbarlari 2001 yil
dekabrda Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida mintaqaviy integratsiya
shakllari va mehanizmlarini takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni
ta’minlash bo’yicha birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligini “Markaziy Osiyo hamkorligi
tashkiloti” (MOHT) ga aylantirish to’g’risida qaror qabul qildilar. Almati
shahrida 2002 yil 28 fevralda bo’lib o’tgan uchrashuvda esa Qozog’iston,
Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston rahbarlari “Markaziy Osiyo hamkorligi
tashkiloti”ni ta’sis etish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar.
MOHT rahbarlarining uchrashuvlarida mintaqaviy integratsiya jarayonlarini
faollashtirish, ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlarda mavjud eng dolzarb
muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalaridagi
ijobiy holat shundan iboratki, respublikamiz ushbu mamlakatlar bilan tashqi
savdoda ijobiy salьdoga ega.
O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo
aloqalaridagi o’zgarishlar natijasida mintaqa mamlakatlari bilan o’zaro savdo
aloqalarining jami savdo aloqalaridagi salmog’ida tegishli o’zgarishlar yuz berdi.
O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga bog’liqligini yanada
kuchaytirish lozim, chunki Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirish O’zbekiston uchun qator afzalliklarga ega.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin