175
MDH ulkan tabiiy, mehnat va iqtisodiy salohiyatga ega bo’lib, ular MDHga
a’zo mamlakatlarga yirik raqobat afzalliklarini taqdim etadi va jahon iqtisodiyotida
munosib o’rin egallashga imkoniyat yaratadi. Yer shari
hududining 16,3 foizi,
jahon aholisining 5 foizi, jahon sanoat ishlab chiqarishining 10 foizi MDH
hissasiga to’g’ri keladi. Hamdo’stlik hududida jahon bozorida talab yuqori
hisoblangan tabiiy resurslarining yirik zaxiralari mavjud. Faqat Rossiyada
aniqlangan neftь zaxiralari jahon neftь zaxiralarining 13 foizini tashkil etadi.
Ozorbayjonda bu ko’rsatkich 10 foizdan ko’proqqa. Qozog’iston va
Turkmanistonda qariyb 10 foizga teng. Rossiyada jahon gaz zaxiralarining 35
foizi
joylashgan bo’lsa, Ozarbayjon, Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekistonda
birgalikda qariyb 20 foiz gaz zaxiralari joylashgan.
Toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir ishlab chiqarish bo’yicha Rossiya, Ukraina
va Qozog’iston jahonda ikkinchi o’rinni egallaydi. Olmos, boksit, mis, nikelь,
kobalьt va qo’rg’oshin rudalarining asosiy zaxiralari Rossiyada joylashgan bo’lsa,
temir rudalari, boksitlar va mis rudalarining yirik zaxiralari Ukraina, Qozog’iston
va Gruziyada joylashgan. Rossiya va Belorusda eng yirik o’rmon hududlari (er
sharidagi o’rmonlarning to’rtdan bir qismi) va kaliy tuzining eng yirik zaxiralari
mavjud*.
Evropa va Janubiy-SHarqiy Osiyoni tutashtiruvchi
eng qisqa quruqlik va
dengiz (SHimoliy Muz okeani orqali) yo’li MDH hududidan o’tib, u XXI asrda
eng muhim global iqtisodiy markazga aylanadi.
MDHning raqobatbardosh resurslari jumlasiga, shuningdek, arzon ishchi
kuchi va energiya resurslarini kiritish mumkin. Hamdo’stlik bo’yicha har yili jahon
elektr quvvatining 10 foizi ishlab chiqariladi va bu iqtisodiy o’sish
uchun muhim
shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining strategik maqsadlari
xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish,
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlab chiqarish
ixtisoslashuvi va kooperatsiyasini rivojlantirish, Hamdo’stlikka kiruvchi barcha
mamlakatlar aholisi turmush farovonligini yaxshilash hisoblanadi.
Garchi, MDH doirasida iqtisodiy integratsiyani
chuqurlashtirish sohasida
qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, unga a’zo mamlakatlar
iqtisodiyotlarining integratsiyalashuvi past darajada qolmoqda. Sobiq Ittifoqda
respublikalararo tovar aylanmasi ittifoqdosh respublikalar jami tashqi savdo
aylanmasining 69 foizini, Yevropa Ittifoqida unga a’zo mamlakatlar o’zaro tashqi
savdo aylanmasining jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 62 foizni tashkil etsa,
MDHda bu ko’rsatkich 28 foizga teng, xolos.
MDH doirasida qabul qilingan bitimlar va shartnomalarni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda:
- integratsion aloqalarni rivojlantirish
ixtiyoriylik asosida, ham ikki yoqlama,
ham ko’p tomonlama shartnomalardan foydalanish yordamida bosqichma-bosqich
amalga oshirilmoqda;
- hududiy integratsiya o’zaro manfaatdorlikka asoslanmoqda va hamkor
davlatlarga ziyon yetkazmaslikka alohida e’tibor qaratilmoqda;
176
- zaruriyat tug’ilganda, MDH a’zolariga ularning ma’suliyati ostida va aniq
iqtisodiy natijalarni ko’zda tutib jamoaviy yordam ko’rsatilmoqda;
-
hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy islohotlar rag’batlantirilmoqda va
ularga har tomonlama yordam ko’rsatilmoqda;
- mamlakatlararo munosabatlarda bozor sub’ektlari orasidagi gorizontal
aloqalarga ustuvorlik berilmoqda, mikrodarajadagi integratsion aloqalarni,
iqtisodiy hamkorlikning yangi-yangi shakllarini keng ko’lamda rivojlantirish
ko’zda tutilmoqda.
MDH doirasida iqtisodiy integratsiyaga to’sqinlik qilayotgan asosiy
muammo tashkiliy-huquqiy asos va Hamkorlikka a’zo mamlakatlar o’zaro harakat
mexanizmining takomillashmagani hisoblanadi. SHuningdek, MDHga a’zo
mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining turli darajada ekanligi,
alohida mamlakatlar
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o’rtasidagi tafovut, milliy qonunchilik
hujjatlarining muvofiqlashtirilmaganligi kabi omillar ham integratsiya
imkoniyatlarining cheklanishga olib kelmoqda.
Erkin savdo zonalarini tashkil etish, to’lov ittifoqini shakllantirish, yagona
kommunikatsiya va axbarot makonini barpo etish, ilmiy-texnika va texnologik
hamkorlikni takomillashtirish asosida umumiy iqtisodiy makonni shakllantirish
orqali MDHga a’zo mamlakatlar o’rtasidagi integratsion aloqalarni
yanada
rivojlantirish mumkin. A’zo mamlakatlarning investitsiya salohiyatlari
integratsiyasi va Hamdo’stlik doirasida kapital oqimini samarali yo’lga qo’yish eng
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: