iqtisodiyotning predmeti bo’lib hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot kursi moliya va kredit, soliq va soliqqa tortish, sug’urta
kabi iqtisodiy fanlarning nazariy tomonlarini ma’lum davlatning – O’zbekiston
Respublikasining xususiyati va sharoitiga bog’laydi. Bo’lajak iqtisodiyot
mutaxassislari e’tiborini o’z mamlakatining iqtisodini chuqur va har tamonlama
o’rganishga qaratadi. Milliy iqtisodiyot fanini o’rganish makro va
mikroiqtisodiyot, sotsiologiya, tarix, iqtisodiy geografiya, statistika, informatsion
texnologiya va boshqa fanlarni chuqur bilishni taqozo qiladi. CHunki, iqtisodchi-
mutaxassis iqtisodiy faoliyatni barcha jarayonlarini to’liq va har tomonlama
o’rganish uchun iqtisodiy, huquqiy, texnika va boshqa fanlarni ham bilishi lozim
bo’ladi.
1.2. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi. 1991 yil 31 avgust kuni Toshkent shaxrida Respublika Oliy Kengashining
navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekistonni davlat mustaqilligi
e’lon qilindi.
Maxsus qaror bilan O’zbekiston SSR «O’zbekiston Respublikasi», deb
ataladigan bo’ldi. 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, deb belgilandi. O’zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida qonun qabul qilindi.
· 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasdiqlangan;
· 1992 yil 2 mart O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lib qabul qilingan;
· 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan;
9
· 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul
qilingan;
· 1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan;
· 1994 yil 1 iyulda O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi muomalaga
kiritilgan.
· 2006 yil 25 yanvarda O’zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo
bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi unitar davlat bo’lib, davlat hokimiyati
hokimiyatning taqsimlanish nazariyasiga binoan mustahkamlangan. Unitar