O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə7/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

davlatda davlat tuzilishi shakli, davlat xududi tarkibida, federatsiyadan farqli
ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) bo’lmaydi, balki u ma’muriy-
hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, va hokazo) ga bo’lingan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiy jihatdan bo’linmas yagona davlatni
tashkil qiladi. Uning tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyatlar, 158
ta tumanlar, 119 ta shaharlar kiradi. Maydoni – 448,9 ming kv. km.
chegaralarining uzunligi 6621 km, aholisi – 29,6 mln kishi, undan 51,3 %
shahar, 48,7 % qishloq aholisini tashkil qiladi. 1 km
2
ga to’g’ri keladigan aholi soni
63 kishidir. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlari – 28,5 mln.ga, shundan sug’orishga
yaroqli yerlar 5 mln.ga,jami ekin maydoni 3,7 mln. ga ni tashkil qiladi
1
.
O’zbekiston Qozog’iston, Tojikiston,Qirg’iziston, Turkmaniston va Afg’oniston
davlatlari bilan chegaradosh. Bayram kunlari bir yilda 9 kun.
O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning «O’zbekiston
Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. Davlat xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. O’zbekiston
Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda davlat
hokimiyati va boshqaruv idoralarining tizimini belgilaydiichki va tashqi
siyosatini amalga oshiradi. O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi dahlsiz va
bo’linmasdir. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. Islom dini
asosiy din hisoblanadi.
U o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va
elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Pul birligi so’m hisoblanadi.
Mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini
qamrab olgan iqtisodiy siyosat shakllanib, istiqbol yo’nalishlari belgilab olindi.
Sobiq ittifoqning parchalanishi oqibatida O’zbekistonga o’ta markazlashgan,
direktiv usul bilan boshqarilgan, mulkchilikning cheklangan turlariga asoslangan
iqtisodiyot meros qilib qoldirilgan edi. Bu esa chuqur iqtisodiy inqirozga olib
1
Республика аҳолисини ўсиш суръати пасайиш тенденциясига эгадир.
Масалан: 1970-1979 йй.да ўсиш суръати 3 % ни ташкил қилган. 1980-1989 йй.да 2,6 % ни ташкил қилган.
1990-2001 йилларда ўсиш суръати 1,8 %ни ташкил қилди. 2001-2010 йилларда ўсиш суръати 1,3%ни ташкил
қилди БМТнинг маълумотига қараганда 2001-2010 йилларда Ўзбекистоннинг аҳолиси 3 млн. кишига яқин
миқдорда ўсди. Ўзбекистон ҳудуди бўйича дунёда 41-ўринни ,аҳоли сони жиҳатидан 58- ўринда туради.
Аҳолининг ўртача ёши 26 га тенг.


10
keldi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad ko’rsatkichlari pasayib ketdi va


hokazo.
Respublika Prezidenti va hukumatining zudlik bilan qat’iy choralar ko’rishi
natijasida, eng avvalo, yangicha iqtisodiy siyosat ishlab chiqildi. Uning negiziga

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin