82
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida qishloq aholisining turmush
darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga, jahon
andozalariga mos
keluvchi zamonaviy arxitektura va dizayn asosida barpo etiladigan, barcha qulayliklar va
kommunikatsiya tizimlariga ega bo’lgan shinam uy-joylar barpo etishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
2009 yilning “
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinishi qishloqda uy-
joy qurish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish dasturini 2010
yilning muhim
ustivor yo’nalishlari qatoriga kiritilishiga to’liq asos bor.
Zamonaviy qishloq arxitektura va me’moriy rejalashtirish talablariga mos kelishi, Bosh
reja asosida tartib bilan qurilishi, barcha qulayliklar va kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, gaz
uzatish
tarmoqlari, suv ta’minoti, yo’llar va boshqa) ega bo’lishi bilan ajralib turishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilgan Farmoni iqtisodiyotimizning
yetakchi tarmoqlaridan biri-kapital qurilishda bozor islohatlarini yanada chuqurlashtirishning
sifat jihatdan yangi bosqichi hisoblanadi.
Mazkur Farmonning qoidalarini
xayotga tatbiq etish, hech so’zsiz, kapital qurilishda tub
o’zgartirishlarni amalga oshirish, tarmoq bozor iqtisodiyoti tamoyillari
va talablariga mos
keladigan xo’jalik munosabatlarini keng joriy etishga imkon beradi.
Yangi qurilish ob’ektlari mavjudlarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirish uchun mehnat
va moddiy-texnika resurslari sarf bo’ladi. Pul shaklidagi bu xarajatlar kapital qo’yilmalarni
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: