pudratchi, ya’ni qurilish tashkiloti va ikkinchi-tomon: buyurtmachi- (davlat tashkiloti,
kooperativ, xususiy korxona, tashkilot va hokazo) qatnashadi.
Ular o’rtasida munosabat shartnoma asosida belgilanadi.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida qurilish sohasida ham iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon oxirgi yillarda chuqurlashib borayapti. Xususan:
-Qurilishning boshqaruv tarkibini kuchaytirish;
-Qurilish monopoliyasiga barham berish;
-Qurilish tashkilotlarini aktsiyalash va xususiylashtirishni chuqurlashtirish;
-Pudrat ishlari bozorini tashkil qilish;
-Kapital qurilishni tashkil qilishda, investitsion loyihalarni tatbiq qilishda tartib
o’rnatish va boshqa tadbirlar amalga oshirildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qurilish
ishlari
samaradorligini
yanada
oshirish
maqsadida
ayrim
qurilish
vazirliklari tugatildi. Masalan, O’zsanoatfuqaroqurilish, O’zqishloqxo’jalik qurilishi,
O’zkolxoz qurilishi, O’zsuvqurilishidavlat kontserni va hokazolar tugatildi. Mulkchilikning
turli shakllariga o’tkazilgan ixtisoslashgan davlat kontsernlari, kompaniyalar, davlat- aktsiyadorlik birlashmalari, uyushmalar tashkil etildi. Ularning eng yiriklari:
«O’zsanoatxo’jalikqurilish» korporatsiyasi, «O’zmontajmaxsusqurilish» uyushmasi,
«O’zdexqonchilikqurilish», «O’zjamoaxujalik-qurilish» davlat-shirkat birlashmalari,
«Toshkentuyjoyinvestqurilish» korporatsiyasi va boshqalar. Suv xo’jaligi va meliorativ
ishlarni «O’zsuvqurilish» davlat kontserni olib boradi. «O’ztransqurilish», «O’zavtoyo’l»
kontserni. «Energetika va elektrlashtirish» vazirligi ham qurilish ishlarini bajaradi. Bu
tashkilotlar Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan katta
qurilishlarni olib bormoqda.
Masalan,«O’zsanoatxo’jalikqurilish» davlat korporatsiyasi respublikada sanoat
qurilishi, uy-joy va boshqa ijtimoiy maqsadlardagi ob’ektlarni qurish bilan shug’ullanadi.
Qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-konstruktorlik va
boshqa tashkilotlarni ixtiyoriy asoslarda birlashtiradi.