O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Kapital qo’yilmalar - iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida asosiy fondlarni yangitdan



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə84/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Kapital qo’yilmalar - iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida asosiy fondlarni yangitdan
yaratish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirish uchun yo’naltiriladigan
xarajatlar yig’indisidir.
Kapital qo’yilmalarining hajmi har bir ob’ekt bo’yicha loyihalar va smetalar asosida
belgilanadi.
Barcha xarajatlarning yig’indisi yoki kapital qo’yilmalarining hajmi ularning
foydalanish yo’nalishlariga qarab quyidagi tarkibda tashkil topadi.
1.
Texnologik tarkib
2.
Takror ishlab chiqarish tarkibi
3.
Tarmoq va hudud tarkibi.
Texnologik tarkibda xarajatlar maqsadli ravishda guruhlanadi:
a) qurilish montaj ishlarining (QMI) qiymati. U o’z ichiga quruvchilarni ish haqini,
foydalanadigan material va konstruktsiyalarning qiymatini, qurilish texnikasining
amortizatsiyasini va boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi;
b) uskunalar qiymatini: qurilish ob’ekti uchun texnologik, energetik va uskunalar qiymati;
v) boshqa xarajatlar: loyiha - qidiruv ishlari, qurilish ob’eklari uchun kadrlar tayyorlash
va boshqarish.
Kapital qo’yilmalarining umumiy hajmida bu xarajatlarning nisbati texnologik tarkibni
yoki ularning ichki tuzilishini tashkil qiladi.
Kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibi qurilishning turi va xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Masalan, Sanoatda – xarajatlarining ko’pchilik qismi anti qurilish uchun uskunalar, instrument
va inventarlar sotib olishga ketadi. Uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida – xarajatlarning
aksariyat qismi qurilish-montaj ishlarini egallaydi.
Takror ishlab chiqarish tarkibi kapital qo’yilmalarni asosiy fondlarning turlari bo’yicha
takror ishlab chiqarishga yo’naltirilishi ifodalanadi. Unda yangi qurilish, mavjud korxonalarni
kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va ularni texnik jihatdan qayta qurollantirish bo’yicha nisbat
ko’rsatiladi.
Yangi qurilishga, dastlabki tasdiqlangan loyihaga binoan, yangi maydonlarda olib
borilayotgan korxona, bino, ob’ektlar qurilish kiradi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin