Ixtiyoriy dasturiy tizimdan foydalanish uchun uning foydalanuvchilar bilan muloqot muhiti (interfeys)ni yaxshi bilish kerak.
Maple tizimining Windows operatsion muhitida joriy qilingan interfeysi haqida to'xtalaylik. Tizim ishga tushurilgandan keyin 1–shaklda ko'rsatilgan interfeys oynasi paydo bo'ladi.
Oyna olti qismdan tashkil topgan:
sarlavha;
asosiy menyular satri;
asosiy instrument(vosita)lar paneli;
kontekstli instrumentlar paneli;
ishchi varaqning maydoni;
holatlar satri.
Sarlavhada Maple tizimining belgisi va joriy ishchi varaq faylining nomi ko'rsatiladi.
Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning mazmuniga qarab o'zgarib turadi. Ishchi varaqning foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlar kiritiladigan qismiga kiritish maydoni deyiladi. Kiritish maydoniga Maplening buyruqlariini, operatorlarini va izohlar uchun matn kiritish mumkin. Kiritish maydonida buyruqlarni Maple talqinida yoki odatdagi matematik yozuv talqinida aks ettirish mumkin. . Natijada ushbu panelda kiritish maydoni paydo bo'ladi (2–shakl). “Enter” – tugmasi bosilgandan keyin kiritilayotgan buyruqning yozuvi kontekstli instrumentlar panelining kiritish maydonida aks ettiriladi, unga mos matematik talqinidagi yozuv esa odatdagi kiritish maydonida
aks ettiriladi. tugma qayta bosilsa, kiritish maydonidagi matematik talqindagi yozuv Maple talqinidagi buyruqga o'tadi. Kiritilayotgan matnda matematik formulalar bo'lsa, “Pomestit`” menyusidagi «standart» buyrug’ini
bajarish yoki asosiy intsrumentlar panelidagi tugmani bosish zarur.
Matnda matematik formulani kiritish jarayoni Maple ning matematik yozuvlarga mos buyruqlarini matematik talqinda yozishga o'xshash.
1–shakl Kontekstli menyu Maple tizimida ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonini
tez va qulay bajarish imkonini beradi. Masalan, biror funksiyaning grafigini hosil qilish uchun funksiya ifodasini kiritish maydoniga yozib, sichqoncha ko'rsatkichini funksiya ifodasiga keltirib, o'ng knopkani bosish kerak. Natijada kiritish maydoniga mos kontekstli menyu paydo bo'ladi va undagi Excute buyrug’ini bajarish natijasida chiqarish maydonida funksiya ifodasi hosil bo'ladi.
Chiqarish maydoniga mos kontekstli menyuni faollashtirish uchun undagi ma'lumotni belgilab, sichqonchaning o'ng knopkasini bosish kerak, natijada 2– shakldagi kontekstli menyu paydo bo'ladi.
Qirqib olish Nusxa olish O`rniga qo`yish
Maxsus o`rniga qo`yish Konvertlash
To`ldirish Format
2–shakl
Maple tizimida bir seans davomidagi bir nechta hujjatlar bilan ishlash mumkin va “Okno” menyusi orqali ochiq holatdagi bir hujjatdan boshqasiga o'tib turish mumkin.
Ko'p hujjatlar bilan ishlashni tashkil qiladigan intrfeys MDI-interfeys (Multirle DocimenQInteface) deb aytiladi. Maple tizimida 3 xil turadigan hujjat: ishchi varaq, gredikli natija, ma'lumotnoma mavjud. MDI –interfeys foydalanuvchilariga hujjat turiga mos buyruqlarni bajarishni ta'minlash uchun asosiy menyu holatini o'zgartirib turadi. Asosiy menyuning besh xil ko`rinishi namoyon bo'lishi mumkin;
Ikki o'lchamli va uch o'lchamli grafiklarga mos menyudagi ro'yxatdagi ba'zi nomlar mos kelsa ham, ularning buyruqlar ro'yxati turlichadir.
Biror elektron jadval sistemasida ma'lumotlarni tahlil qilish uchun ko'nikma hosil qilingan bo'lsa, Maple sistemasida ham juda ko'p matematik va statistik funksiyalar asosida ma'lumotlarni tahlil qilishning grafikli integrallashgan muhiti mavjud;
murakkab funksiyalarning 2 o'lchamli, 3 o'lchamli fazolarda grafiklarini chizib berishi mumkin;
Maple ning programmalashtirish tili asosida murakkab matematik, texnik va boshqa sohalardagi masalalarni yechish imkoniyatini beradi;
o'quv jarayonini tashkil qilishda kerakli mavzularning mashq va masalalar ob'yektlarining harakatini namoyish qilish uchun animatsion grafik muhit mavjud;
talabalar matematik usullarni o'rganishda juda murakkab hisoblarga vaqtini sarflamasdan, faqat usullarning mohiyatini, qo'llanilish sohalarini o'rganishlari uchun maxsus Student paketi mavjud;