O’zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


YER OSTI SUVLARINI OLUVCHI INSHOOTLAR



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə2/6
tarix24.09.2023
ölçüsü27,69 Kb.
#147795
1   2   3   4   5   6
hisobot

2.2 YER OSTI SUVLARINI OLUVCHI INSHOOTLAR
Quvurli quduqlarning konstruksiyasiga ma’lum darajada yer ostida joylashgan suv chuqurligi, parmalanadigan qatlam tuzilishi va parmalash ishlari ta’sir qiladi. Yerni parmalash natijasida hosil bo‘ladigan silindrik shakldagi tik kanal devorlari quvurlar yordamida mahkamlanadi. Birinchi quvur suv joylashgan suv qatlamining yuqori chegarasiga tushiriladi. Shundan so‘ng quduqqa kichkina diametrli quvur tushirilib, suv joylashgan qatlamning pastki chegarasidan o‘tkazilib, suv o‘tmaydigan suv tagidagi qatlamga ozroq o‘yib joylashtiriladi. Quduqda parmalash ishlari bitkazilgach, unga filtr tushiriladi. Filtrlar tuzilishi bo‘yicha har xil bo‘lishi mumkin. Quvurli quduqlar suv oluvchi qism (filtr), suv ko‘taruvchi qism va quvurlar og‘zidan iborat. Quvurlar og‘zi tegishli qurilmalar bilan jihozlanib, u quduq ichida yoki quduq tashqarisidagi maxsus ayvonda joylashtiriladi. Yer osti suvlari ancha chuqurlikda joylashgan bo‘lsa, undagi suvni bitta quvur bilan mahkamlash iloji bo‘lmaydi, chunki quvurlar pastga tushirilgan sari yer qarshiligi oshib boradi, shu bois quvurlar diametri kamaytirilib, bir nechta quvurlarni ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bu holda quduq teleskopik ko‘rinishda bo‘ladi. Quduqning og‘zi o‘rnashgan joy yoki chuqurdagi kamera yer sathidan kamida 0,5 m balandlikda bo‘lishi lozim. Shu bilan birga quduq og‘zi o‘rnashgan joyda elektr va tekshiruv-o‘lchov asboblari joylashtiriladigan masofa bo‘lishi kerak. Suv qudug‘ining yon atrofi 6 4 zich yopilib, quduq atrofidan quvurlar orasiga iflos moddalar va suv o‘tmasligi ta’minlanadi. Quvurli quduqlar sarfi bo‘yicha quvurlar diametri, soni va filtr uzunligi, quduqlardagi suv sathining pasayishi, quduqlar orasidagi masofalar aniqlanadi. Suv harakati barqaror bo‘lgan, mukammal quduqlardagi bosimli yer osti suv sarfi quyidagicha aniqlanadi: Q=2,73•KmS (lg R/r), Suv harakati barqaror bo‘lmaganda quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Q=- KmS/(0,08 Ei) (- l). bu yerda: K — filtratsiya koeffitsiyenti; m — suv qatlamining quvvati; S — suv surish chuqurligi; R — depressiya chizig‘ining radiusi; r — quduq radiusi; Ei — funksiyaning integral ko‘rsatkich belgisi: argumentga bog‘liq holda quyidagi ifoda orqalianiqlanadi: l=r2 /4at Mukammal bo‘lmagan quduqdagi bosimli yer ostidagi suv sarfini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin: Q = 2,73 KLS/[lg(1,32 L/r)]. Mukammal quduqdagi bosimsiz yer ostidagi suv sarfini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin, suv harakati barqaror bo‘lganda: Q=[1,36 K (2 H-S) S] / [lg(R/r)]. Suv harakati barqaror bo‘lmaganda: Q=[6,28 K(2H-S)S] / [Ei(-l)], bu yerda: L — suv qabul qiluvchi quduq qismining qism uzunligi; H — bosimsiz suv qatlamining quvvati. 6 5 Quvurli quduqlarda asosiy qism filtrdir. Filtrlar qanchalik to‘g‘ri tanlansa va o‘rnatilsa, quduqdagi suv sifati va quduqdan foydalanish shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Amalda har xil filtrlar ishlatiladi. Teshikli, simli, turli sinch-o‘zakli, shag‘alli filtr turlari mavjuddir. Filtrlar quduqqa suv kiradigan teshikli ishchi qismidan pastida joylashgan yopiq qismdan iborat bo‘ladi. Pastki qismda joylashgan yopiq qismdan ishchi qismdagi teshiklar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan mayda tuproq zarralaridan suvni tindirish maqsadida foydalaniladi. Filtrning yuqori qismida maxsus qirqim (qulf) qilingan, filtrni pastga tushirish va uni quduqda mahkamlash uchun xizmat qiladi. Filtrning suv qabul qilish qismi suv oqimi joylashgan qatlamning quvvatiga bog‘liq bo‘lib, talab qilingan suv sarfini tortib olishga mo‘ljallanadi. Filtrning tindirish qismi chuqurligi quvurli quduqning umumiy chuqurligiga qarab, ikki metrgacha bo‘lishi mumkin. Simli filtr teshilgan po‘lat quvurdan iborat bo‘lib, uning yuzasiga ko‘ndalang holda 30—40 mm oraliqda, diametri 3— 5 mm bo‘lgan sim payvandlanib, uning ustidan qalinligi 1— 2,5 mm zanglamaydigan po‘lat sim 0,5—1 mm oraliqda o‘rab chiqiladi. Bunday filtrlar suv joylashgan qatlam shag‘al va yirik qumdan iborat bo‘lganda ishlatiladi. Turli filtrlar o‘zagi teshilgan quvur ustiga 5—10mm oralig‘ida spiral shaklida sim o‘ralib, uning ustiga latun (plastmassa, po‘lat) simdan to‘qilgan to‘r yopiladi. Filtrlar o‘zagi polietilen, azbestotsementli teshilgan quvurlar bo‘lishi ham mumkin. Sinch-o‘zakli filtrlarda teshikli quvur o‘rniga bir-biridan 3— 4 sm oraliqda joylashtirilgan, uzunligi 30 sm bo‘lgan po‘lat o‘zaklarni birlashtiruvchi halqaga payvandlangan qurilma ishlatiladi, bunday qurilma yuzasiga to‘r tortiladi yoki sim o‘raladi. Tashkiliy filtrlar asosan chinni, viniplast, polietilen quvurdan iborat bo‘lib, uning yuzasidan uzunligi 1,5—2,5 mm bo‘lgan tirqishlar qirqiladi. Bunday filtrlar suv joylashgan qatlam jinslari yirik moddalardan iborat bo‘lganda va jinslarining yirigidan suv olganda qo‘llaniladi. Shag‘alli filtrlar asosan teshikli quvurlardan iborat bo‘ladi, uning atrofiga suv joylashgan qatlam orasidan sun’iy ravishda qalinligi kamida 50 mm bo‘lgan shag‘aldan qatlam hosil qilinadi. Shaxtali quduqlarni g‘isht, beton, temir-beton va yog‘ochdan qurish mumkin. Quduqlarning diametri katta bo‘lmaganda 6 6 (8 m), ularni temir-betonli halqalarda qurish mumkin. Shaxtali quduqlardan suvni tubidan va ma’lum miqdorda yon devorlaridan olish mumkin. Shaxtali quduq hisoblanganda, berilgan suv miqdori bo‘yicha uning diametri va quduqlar soni aniqlanadi, belgilangan diametrda va suv sathining mumkin bo‘lgan pasayishida quduqning debeti tekshiriladi. Bosimsiz yer osti suvidan, quduq tubidan suv olinganda T>2 shartli bajarilganda, shaxtali quduq debeti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Q=2pKSr/[p/2+r/T(1+1,18Lg H/4H)] m3 /soat. bu yerda: T — quduq tubidan suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha bo‘lgan masofa.


Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin