3.1 TABIIY SUVLARNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARINI O’RGANISH Tabiatdagi suv sifati uning fizik-kimyoviy xususiyatlari va bakteriyalar bilan ifloslanganligi bilan o‘lchanadi. Suvning fizik xususiyatlariga uning harorati, rangi, loyqaligi, mazasi va hidi kiradi. Kimyoviy xususiyati unda erigan kimyoviy moddalarning mavjud darajasi bilan belgilanadi. Tabiatda suvlarning asosiy fizik xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Yer yuzasidagi ochiq suvlarda har doim loyqalik (muallaq moddalar) bo‘ladi. Ochiq suvlardagi muallaq moddalarning miqdori mg/litr bilan belgilanib, ular suvda ko‘p va kam miqdorda bo‘lishi mumkin. Suvning loyqaligi yil davomida juda o‘zgarib turadi. Suvning rangi deb, suvdagi gumin moddalarning ta’siri natijasida rangining o‘zgarishiga aytiladi. Suvning rangi platin-kobalt shkalasi bo‘yicha darajalarda o‘lchanadi. Tabiatdagi suvning mazasi va hidi har xil bo‘ladi. Mazasi bo‘yicha suvlar nordon, sho‘r, achchiqroq, shirinroq bo‘ladi. Boshqa turdagi mazalarni (misol uchun metallniki) begona maza deyiladi. Suv hidlari tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy hid (botqoq, chirigan hid, loyli hid, o‘tli hid, vodorod-sulfid gazi va boshqalar) tirik va jonsiz organizmlardan, o‘simliklardan, daryo qirg‘oqlari yuvilishidan hosil bo‘ladi. Sun’iy hidlar suv havzalariga tozalanmagan oqava suvlar tashlanishidan va suvlarni reagentlar — xlorli, fenolli, neftli, xlor-fenolli va boshqalar orqali ishlov berishdan paydo bo‘ladi. Suvning hidi va mazasi 5 balli shkala bo‘yicha o‘lchanadi: 1 — juda kuchsiz; 2 — kuchsiz; 3 — sezilarli; 4 — aniq; 5 — juda kuchli. Tabiatdagi suv harorati har xil bo‘ladi. Ochiq suv havzalarida suv harorati havo haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Ochiq suv manbalaridagi suv harorati uning chuqurligiga qarab o‘zgaradi. Yer osti suvining harorati yil davomida asosan o‘zgarmaydi (odatda 5—14°). Tabiiy suvlarning kimyoviy ko‘rsatkichlari turlicha bo‘ladi. Tabiiy suvlardan suv ta’minoti tizimida foydalanganda ularning quruq qoldiq, qattiqligi, oksidlanishi, reaksiya faolligi, ishqoriyligi kabi kimyoviy ko‘rsatkichlari, shuningdek, tarkibida temir, 7 3 marganets, kremniy birikmalari, xloridlar, sulfatlar, ftorlar, yod va boshqalar mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Quruq qoldiq mg/litrda o‘lchanib, suvdagi organik, noorganik moddalarning (gazlardan tashqari) umumiy miqdori belgilanadi. Uni aniqlash uchun ma’lum miqdordagi tozalanmagan suv bug‘latilib, qolgan qoldiq 110° da og‘irligi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritiladi. Bundan tashqari, kuydirilgan qoldiq degan iborada suv tarkibidagi noorganik moddalarning miqdori (gazlardan tashqari) tushuniladi. Suvning qattiqligi suv tarkibida erigan kalsiy va magniy tuzlarining miqdori bo‘yicha belgilanadi. Suv qattiqligi karbonatli va karbonatsiz qattiqlikka bo‘linadi. Karbonatli va karbonatsiz qattiqliklarning umumiy yig‘indisi suvning umumiy qattiqligi deyiladi. Karbonatli qattiqlik deganda, suvda kalsiy va magniyning karbonatli va bikarbonatli tuzlari borligi belgilanadi. Karbonatsiz qattiqlik deyilganda suvda kalsiy va magniyning bikarbonatsiz tuzlari — sulfatlar, nitratlar, xloridlar borligini bildiradi. Suv tarkibidagi bikarbonat, karbonat, gidrat va kuchsiz kislota tuzlari suvning ishqorliligini belgilaydigan omillardir. Shuning uchun suv bikarbonatli, karbonatli va gidratli ishqorliklarga ajratiladi. Tabiatdagi suvning ishqorligi, odatda, uning karbonatli qattiqliligiga teng bo‘ladi va mg/ekv. litrda ifodalanadi. Oksidlanish suvda organik va tez oksidlanadigan noorganik moddalar borligidan dalolat beradi va u 0,2 l belgilanadi. Faol reaksiyasi suvda vodorod ionlarining qanchalik borligini pH bilan belgilanib, bu ifoda suvdagi vodorod miqdorining teskari logorifmini ko‘rsatadi, boshqacha aytganda, pH=7 bo‘lsa — neytral reaksiya, pH7 bo‘lsa ishqoriy reaksiya bo‘ladi. Temir suvda temir II oksidi yoki temir III oksidi holida uchraydi. Yer osti suvlarida temir ko‘pincha erigan ikki valentli holda uchrasa, yer yuzidagi ochiq turlarda kolloid va boshqa moddalar bilan birikkan holda hamda yagona nordon gumin holida uchraydi. Shu sababli bunday suvlarning rangi o‘zgarishi mumkin. Marganets ko‘pincha yer osti suvlarida temir bilan birga karbonatli temir II oksidi holida uchraydi. Xloridlar va sulfatlar asosan barcha turdagi tabiiy suvlarda bo‘lib, ko‘pincha kalsiy, magniy va natriy suvlari holida uchraydi. Bu moddalarning odamlar sog‘ligiga katta ahamiyati bor. Azotli birik- 7 4 malarning suv tarkibida uchrashi suv havzalarining iflos oqava suvlar bilan ifloslanganidan dalolat beradi va ular suvda nitrat, nitrit va ammiak shaklida uchraydi. Suvning bakteriya va viruslar bilan ifloslanishi 1ml suvdagi bakteriyalar soni, koli-indeks yoki uning teskari qiymati kolititr bilan aniqlanadi. Odamlar hayoti uchun suv orqali kasallik tarqatuvchi bakteriyalar, gepatit, qorin tifi, vabo, poliomelit va boshqa kasalliklar xavflidir. Suv sifatini sanitariya-epidemiologik nuqtai nazardan tekshirish uchun suvdagi bakteriyalar soni, ya’ni ichak tayoqchasi (koli bakteriyalari) aniqlanadi.