O’zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


TABIIY SUVLARGA ISHLOV BERISH USULLARI



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə4/6
tarix24.09.2023
ölçüsü27,69 Kb.
#147795
1   2   3   4   5   6
hisobot

3.2. TABIIY SUVLARGA ISHLOV BERISH USULLARI
Tabiiy suv manbalaridagi suv sifati o‘rganilganda, ularni qanday usulda va nimadan tozalash zarurligi ma’lum bo‘ladi. Odatda suv tozalash usullari va suv tozalash inshootlarini tanlashda, avvalambor, iste’molchilar tomonidan suvga qo‘yilgan talablar va suv manbalaridagi suv sifatiga bog‘liq xususiyatlar e’tiborga olinadi. Maishiy-xo‘jalik va sanoatda ichish uchun mo‘ljallangan suvlar tayyorlanganda, suvlar asosan tindiriladi, rangsizlantiriladi, zararsizlantiriladi va zarur hollarda yumshatiladi. Bu maqsadga erishish uchun har xil texnologik usullardan foydalaniladi. Tindirish jarayonida suv tarkibidagi muallaq zarralar suv tarkibidan ajratib olinadi. Buning uchun suvni talab qilingan tozalash darajasiga ko‘ra, tindirgichlar, gidrotsiklonlar, sentrofugalar, muallaq zarrali qatlamlardan o‘tkazish, filtrlash usullaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Suv maxsus hovuzlarda tindirilganda, muallaq moddalarning cho‘- kishi zarralarning katta-kichikligiga bog‘liq, shu sababli kichik zarrali muallaq moddalar ko‘p vaqtgacha inshoot ostida cho‘kmasdan, suvda suzib yuradi. Tindirish jarayonini tezlashtirish maqsadida suvga kimyoviy reagentlar (kogulantlar) qo‘shiladi. Suvga kogulantlar qo‘shilgach, ular filtrlarga yoki muallaq zarrali qatlamlardan o‘tkazishga yuborilishi mumkin. Kogulatsiyalangan suvning tindirgichlar va filtrlardan o‘tkazilishi suvni rangsizlantiradi. Suvni rangsizlantirishda suvga oksidlaydigan moddalar — xlor, azon, permanganat, kalif, kogulantlar qo‘shish natijasida suvdagi rang beruvchi moddalardan tozalash mumkin. 7 5 Suv tarkibidagi bakteriyalar, shu bilan birga kasal tarqatuvchi bakteriyalarni yo‘qotish maqsadida suv zararsizlantiriladi. Zararsizlantirish maqsadida xlor, ozon va ultrabinafsha nurlardan foydalaniladi. Suv sifatini yaxshilashda boshqa yo‘llar, masalan, tuzsizlantirish, yumshatish, degozotsiyalash, yodlash kabi usullar qo‘llanilishi mumkin.

3.3. SUVLARGA ISHLOV BERISHNING ASOSIY TEXNOLOGIK USULLARI
Suv tozalash inshootlari suv ta’minoti tizimidagi asosiy elementlardan biri hisoblanadi va boshqa inshootlar bilan uzviy bog‘liqdir. Suv ta’minoti obyektining joylashishiga qarab, tozalash bekatlari tanlanadi. Suv tozalash bekatlari ko‘pincha iste’molchilarni suv bilan ta’minlaydigan suv manbalariga yaqin joylashtiriladi va shu sababli ular nasos bekatining birinchi bosqichidan uncha uzoqlikda bo‘lmaydi. Suv tayyorlash amaliyotiga ko‘ra, reagentli va reagentsiz, tozalash darajasiga ko‘ra, texnologik jarayon soni hamda ulardagi bosqichlar soniga, bosimli va bosimsiz texnologik chizmalari mavjud. Tozalash inshootlarining tuzilishini hal qilishdan avval, suv tozalash jaryonining texnologik chizmasi, shu bilan birga tozalash inshootlarining turi, soni va inshootlarning ko‘rsatkichlarini aniqlab olish zarur. Aholi turar-joylarini suv bilan ta’minlashda (suv manbaidagi suv sifatiga ko‘ra) suv tozalash sxemasini bir bosqichli yoki ikki bosqichli, yoki ko‘p bosqichli chizmada amalga oshirish mumkin. VI.1- rasmda suv ichimlik maishiy-xo‘jalik uchun uzatilganda, suv tozalash inshootlarini o‘zaro joylashtirishning ikki bosqichli chizmasi keltirilgan. Unda suvni tozalashdagi kogulatsiyalash, gorizontal tindirgichda tindirish, filtrlash va xlor yordamida zararsizlantirish muammolari hal etilgan. Nasos bekatining birinchi bekatidan uzatilayotgan suv, avvalambor, aralashtirgichga uzatiladi, unga suvni kogulatsiyalash uchun reagent eritmasi yuboriladi va aralashtirgichda reagent bilan suv o‘zaro aralashtiriladi. Suv aralashtirgichdan reaksiya kamerasiga yuboriladi, bu inshootlarda suvdagi kichik zarralar kattalashib, parchalar hosil qiladi, shundan so‘ng suv dastlab 7 6 gorizontal tindirgichdan, undan keyin filtrdan o‘tadi. Filtrdan o‘tgan suv quvurlar orqali toza suv rezervuariga uzatiladi. Toza suv rezervuariga suv uzatadigan quvurga suvni zararsizlantirish uchun xlor uzatiladi. Ayrim hollarda suvga xlor ikki marta ham yuborilishi mumkin: aralashtirgichdan oldin va ikkinchi filtrdan so‘ng. Suvni a) b) d) VI. 1-rasm. Suvga ishlov berish usullari. 7 7 bir bosqichli tozalash sxemasini tanlaganda, suvni tozalash uchun filtrlash yoki muallaq cho‘kmali tindirgichlarni qo‘llash mumkin. Suv tozalash bekatlarida suv bir inshootdan ikkinchi inshootga quvur yoki tarnovlar orqali o‘zi oqib o‘tadi. Shu bois inshootlarning o‘zaro joylashishiga quvur va inshootlarda yo‘qotilgan bosim qiymati ma’lum darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun inshootlar bir-biriga nisbatan ular orasidagi quvurlar va inshootlarning o‘zida yo‘qotilgan bosim qiymati inobatga olingan holda joylashtiriladi. Ayrim hollarda suv tozalash bekatlarida suvlar bir inshootdan ikkinchi inshootga bosim ostida o‘tishi mumkin. Bunday chizmada nasos bekatining ikkinchi bosqichi kerak bo‘lmay qoladi, ya’ni suv tozalash bekatida tozalangach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga uzatilsa bo‘ladi. Suvni tozalash darajasiga qarab, to‘la va chala tozalash chizmasidan foydalanish mumkin. Suvni to‘la tozalash chizmasini ichimlik suv tayyorlashda, chala tozalash chizmasini texnik suv tayyorlashda qo‘llash mumkin.

Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin