Bir daqiqaga to’xtang va hozirda atrofingizdagi biror narsalarni tahlil qiling. Har bir obyekt uchun o’zingizdan so’rang: “Bu obyektning qanday hususiyatlari bor?”, “Qanday vazifalarni bajaradi?” kabi. Va kuzatish natijalaringizni yozib oling, sezgan bo’lsangiz tuziladigan ro’yxat obyektning murakkabligiga qarab ko’payib boradi. Kompyuter indikatorining 2 ta hususiyati bor o’chiq va yoniq; funksiyalari esa yonish va o’chish. Bu barcha kuzatishlar OYD dunyosiga o’tkazish mumkin.
concepts-object
Dasturlashdagi obyekt.
Dasturlashdagi obyekt(bundan keyin oddiygina obyekt deb ketiladi) ham haqiqiy hayotdagi obyektlarga o’xshash: Ular ham qandaydir hususiyatlar va bajaradigan funksiyalardan iborat bo’ladi. Obyektning hususiyatlari har xil dasturiy o’zgaruvchilardan iborat bo’ladi va ularning o’zgartirish uchun qandaydir funksiyalar bajariladi. Bunday funksiyalar bilan o’zgaruvchilarning holatini berkitish mumkin ya’ni aynan o’sha o’zgaruvchini tashqaridan o’zgartirish uchun albatta maxsus funksiyadan foydalanish kerak bo’ladi. Bu jarayon “Enkapsulatsiya” deb atalib, OYDning eng muxim tushunchalaridan biridir.
Uning o’zgaruvchilari( hozirgi tezligi, qolgan benzini, va h.k) va uning funksiyalari(to’xtatish, tezlikni oshirish, rolni burish va h.k.). Bu yerda uning bakidagi benzini yurishi tufayli kamayib boradi demak uning qiymatining o’zgarishi 0 dan bakning sig’imigacha bo’ladi, yoki uning tezligi ham shu kabi aynan qaysidir funksiyalarning amalga oshirilishi orqali u ham 0 dan maksimal tezligigacha o’zgarishi mumkin. Bulardan tashqari mashinaning ba’zi hususiyatlari borki ular o’zgarmasligi mumkin, masalan rangi.
Demak, ko’rinib turipdiki mashina ham o’z navbatida bir necha mayda obyeklardan iborat bo’ladi. Va albatta ularni kodda yozganda ham alohida obyekt sifatida ifodalash kerak bu orqali nimalarga erishish mumkin:
Sinfga tegishli funksiyalarga quyidagicha murojat qilinadi: