1.3 Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar
Ekonometrik model – bu ehtimolliy-stoxastik model. Bu model yordamida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini matematik ko‘rinishda tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko‘rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko‘rinishida ekonometrik model quyidagicha yoziladi:
(1.4)
Ekonometrik modelda – asosiy endogen ko‘rsatkich, modelda o‘zgarish qonuniyatlarini yordamida o‘rganish mumkin.
– ta’sir etuvchi, ekzogen ko‘rsatkichlar.
Ekonometrik modelda fiktiv ko‘rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko‘rsatkichlar – bu sifatli ko‘rsatkichlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarga o‘tkazilgan ko‘rsatkichlar.
Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko‘rinishda tuzilishi mumkin. Chiziqsiz modellar parabola, giperbola, darajali funksiya, ko‘rsatkichli funksiya, trigonometrik funksiya va boshqalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Tuzilgan ekonometrik modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga; ma’lumotlarning aniqlik darajasiga; tadqiqotchining malakasiga; modellashtirish jarayoniga; yechiladigan masalaning xarakteriga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |