O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə10/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#57548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
T. Kuchkarov, A. Ishmuradov, D. Xudaynazarova «ekonometrika» O‘q

1.2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.

2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.

3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.

4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.

5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.

Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.

Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi kabilardir.

Ekonometrik usullar - iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasiga asoslanadi.

Ekonometrikani o‘rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.

Ekonometrikaning asosiy qo‘llaydigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usulidir.

Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo‘nalishlar kompleksidir:

- iqtisodiy nazariya;

- ehtimollar nazariyasi;

- matematik statistika;

- kompyuter texnologiyalari.



Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin