O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə22/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#57548
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
T. Kuchkarov, A. Ishmuradov, D. Xudaynazarova «ekonometrika» O‘q

Tayanch iboralar: Ishlab chiqarish funksiyasi. Darajali ishlab chiqarish funksiyalari va ularning xarakteristikalari. Umumlashtirilgan “eng kichik kvadratlar usuli”. Elastiklik koeffisienti. Fisher mezoni. Styudent mezoni bo‘yicha ekonometrik modellarni baholash. Vaqtli qatorlar va ularning xususiyatlari. Iqtisodiy prognozlash.
3.1. Ishlab chiqarish funksiyalari. Kobba-Duglas funksiyasi. Ishlab chiqarish funksiyasi xarakteristikalari
Ishlab chiqarish jarayoni kuzatilayotganda ko‘rish mumkinki mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo, ish kuchi, texnika vositalari, elektr energiyasi, asosiy fondlar va boshqa resurslar bevosita qatnashadi va mahsulot hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot bilan unga sarflangan resurslar orasidagi bog‘lanishni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ko‘rsatish mumkin. Umumiy holda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:

y = f ( x1, x2,..., xm), (3.11)

bu yerda y - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; xi – resurslar sarfi.

Ishlab chiqarish funksiyalari matematik tasvirlash shakliga ko‘ra chiziqli, darajali, parabolik, ko‘rsatkichli va hokazo bo‘lishi mumkin. Bu funksiyalarning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.

1. Chiziqli funksiya:



. (3.12)

Bu funksiya bir jinsli bo‘lib, omil-dalillarning doimiy limitli samaraliligi bilan xarakterlidir. Umuman iqtisodiyot uchun chiziqsiz aloqa ham xarakterli bo‘lib, ma’lum doiralardagina chiziqli holatga, ya’ni (2.2) ko‘rinishga keltiriladi.

2. Darajali funksiya:

, (3.13)

bu yerda u - ishlab chiqarilgan mahsulot;



x - ishlab chiqarish resurslari sarfi;

b - ishlab chiqarish samaradorligining o‘zgarish ko‘rsatkichi;

a - erkin parametr.

Mazkur funksiya qo‘shimcha mahsulotning qo‘shimcha xarajat birligiga nisbatan doim o‘sib yoki kamayib borishini nazarda tutadi, biroq u qo‘shimcha mahsulotning ayni bir vaqtda kamayishi va o‘sib borishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buni funksiyaning birinchi tartibli hosilasida ko‘rish mumkin:



. (3.14)

3) Kobba-Duglas ko‘rinishidagi darajali funksiya eng ko‘p tarqalgan va universal funksiya hisoblanadi. U quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:



(3.15)

bu yerda u - natijaviy ko‘rsatkich;



xi- erkin o‘zgaruvchi miqdor;

, ai - o‘zgarmas miqdorlar;

- ko‘paytirish operatori.

Bu funksiya parametrlari bir vaqtni ichida elastiklik koeffisientlariga teng. Elastiklik koeffisientlarining iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, mustaqil o‘zgaruvchilar (x) bir foizga o‘zgarganda, samarali (natijali) ko‘rsatkich (u) qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi.



Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin