Talab funksiyasi.
Iqtisodiy nazariyadan bilamizki, tovarga bo‘lgan talab asosan ushbu tovarning narxiga bog‘liq (talab qonuni)12. Mumkin bo‘lgan boshqa determinantlar o‘z ichiga boshqa raqobatdosh tovarlar narxi (yaqin o‘rnini bosuvchi) yoki ushbu tovarni to‘ldiruvchilari (yaqin to‘ldiruvchi) va albatta iste’molchining daromad darajasini oladi. Ushbu barcha determinantlarni qo‘shish uchun biz ko‘plikdagi regerssion tahlildan foydalanishimiz zarur. Shunga qaramasdan, pedagogik maqsadlar uchun, biz bitta bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi bilan chegaralanishimiz kerak. Shunday qilib, biz talab miqdori faqat mahsulot narxiga bog‘liq bo‘lgan talab funksiyasining bir qismini olishimiz mumkin. (Buni amalga oshirishning boshqa usuli, boshqa teng sharoitlarda biz talab funksiyasiga kiruvchi boshqa o‘zgaruvchilar o‘zgarmaydi va bundan kelib chiqib, talab miqdoriga ta’sir etmaydi deb faraz qilamiz). Tanlama regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
(3.27)
bu yerda standart belgilanishlardan foydalanilgan, qt – talabni, pt esa mahsulot narxini bildiradi. Iqtisodiy nazariyadan bilamizki, manfiy a1 talab qonunini ifodalaydi (narx qancha yuqori bo‘lsa, talab hajmi shunchalik kam bo‘ladi). Mahsulotning narxi va sotish hajmi uchun vaqtli qatorlar ma’lumotlarini to‘plashimiz va yuqorida keltirilgan parametrlarni baholashimiz mumkin. Olingan natijalarning izohi quyidagicha bo‘ladi. a1 uchun: agar mahsulotning narxi bir birlikka oshsa (ya’ni, agar narxni £ da o‘lchasak, £1,00 ga oshadi), ushbu mahsulotning iste’moli birlikka kamayadi (chunki, a1 manfiy bo‘ladi). a0 uchun: agar mahsulot narxi nolga teng bo‘lsa, iste’molchi ushbu mahsulotning miqdorini iste’mol qiladilar, R2, kutilayotganidek quyidagicha (aytaylik, 0,6) bo‘ladi, ya’ni qo‘shimcha o‘zgaruvchilar mavjud bo‘lib, ular talab miqdoriga ta’sir qiladilar, ammo biz ularni regressiya tenglamasiga kiritmaganmiz hamda quyidagi tenglamadan ma’lum yil (aytaylik, 1999) uchun mahsulotning narx bo‘yicha elastikligini olish mumkin:
(3.28)
Dostları ilə paylaş: |