Muammoning dolzarbligi va o'rganilganlik darajasi
. Insoniyat hayotining
yaxshilanib borishi, bu muammolarning avtomatlashgan tartibda tizimli hal
qilinishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, jismoniy mehnat talab qiladigan ishlarning
o’rnini asta-sekin texnologiyalar egallamoqda. Bu kabi texnologiyarning
boshqaruvini esa albatta dasturiy vositalar va algoritmlar bajaradi.
Ishning maqsadi va vazifalari
. Ishning maqsadi ilovalar ishlab chiqish orqali
foydalanuvchilarga maksimal darajada qulaylik va soddalikni taqdim qilish va
muammolarini qisqa vaqt ichida hal qiladigan dasturiy maxsulotlarni ishlab
chiqishdan iborat. Shu o’rinda, dasturiy maxsulotning sifati va unumdorligidan
tashqari uning ko’rinishi ya`ni dizayniga ham katta e`tibor qaratish lozim. Chiroyli
ko’rinishni yaratish uchun animatsiyalar va zamonaviy dizayn texnologiyalaridan
foydalanish talab qilinadi.
I. BOB. ANDROID STUDIO VA JAVA/KOTLIN DASTURLASH TILI VA
UNING IMKONIYATLARI
1.1 Android va Java dasturlash tili va uning hozirgi kundagi o’rni
Android operatsion tizimi Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan mobil
OS hisoblanadi. Bu tizim Linux kernel ning modifikatsiyalangan versiyasi asosida
qurilgan bo’lib, asosan touchscreen ya’ni sensorli ekranda boshqarish uchun ishlab
chiqilgan. Masalan smartfonlar, planshetlar, aqlli soatlar va hokazo. Shuningdek,
Google korporatsiyasi, Android tizimini Android TV lar, Android Auto
avtomobillari, Wear OS soatlar va boshqa shu kabi qurilmalar uchun
moslashtirilgan interfeysga ega tizim versiyalarini yaratib kelmoqda. Android turli
xil variantlari o’yin konsollari, raqamli video kameralar, kompyuterlar va boshqa
elektron qurilmalar uchun ham mavjud.
Dastlab, ushbu operatsion tizim Android Inc. firmasi tomonidan yaratilgan
bo’lib, so’ngra uni Google 2005-yilda sotib olgan. Birinchi marta Android 2007-yil
ommaga taqdim qilindi va 2008-yil sentyabr oyida birinchi kommersial Android
qurilma sotuvga chiqarildi. Hozirgi vaqtgacha tizimning ko’plab relizlari ishlab
chiqildi, joriy versiya esa 9 “Pie” 2018-yil avgust oyida paydo bo’ldi. Birinchi
marotaba 2019-yil 13-mart kuni Google Androidning “Android Q beta” sinov
(beta) versiyasi relizini o’zining Pixel smartfonlarida o’rnatishni boshladi.
Android tizimining yadrosi AOSP (Android Open Source Project) bilan mashxur
va Apache License siga ega.
Shu bilan birga Android tizimi Google tomonidan yaratilgan xususiy
dasturiy to’plamga ega. Ular Google Mobile Services (GMS) deb nomlanadi. Bu
paket dasturlar to’plami juda ko’p qurilmalarga o’rnatilgan bo’lib, Google Chrome
web brouzeri, Google Search qidiruv ilovasi, Gmail pochta ilovasi va shuningdek
ilovalar do’koni va raqamli distributiv platforma Google Play ni o’z ichida oladi.
Android 2011-yildan beri dunyoda eng yaxshi sotiladigan smartfonlar va
2013-yildan boshlab eng ko’p sotilgan planshetlar operatsion tizimi hisoblanadi.
2017-yil may oyiga ko’ra oylik aktiv foydalanuvchilar soni ikki mlrd. dan ziyod
operatsion tizim va 2018-yil dekabr oyidan Google Play ilovalar do’konida 2.6
milliondan ortiq ilovalar dasturchilar tomonidan joylashtirilgan.
Tizim interfeysi asosi to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv (direct manipulation)
asosida tegish harakatlaridan (touch actions) foydalangan holda, real harakatlarni
amalgan oshirish imkonini beradi. Masalan, surish, chertish, tegish, ushlab turish
orqali obyektlarni boshqarish, virtual klaviatura va shu kabilarni o’ch ichiga oladi.
Boshqaruv interfeysi foydalanuvchiga tez javob qaytarish va bazi hollarda
tebranish orqali foydalanuvchiga boshqaruv haqida xabar berish imkoniyatiga ega.
Ichki qurilmalar, yani accelerometer lar, gidroskoplar, yaqinlik sensorlari va
boshqa ko’plab datchiklar foydalanuvchi harakatlariga javob qaytarish uchun bazi
ilovalar tomonidan ishlatiladi. Masalan, displeyning portrait yoki lanscape
rejimlarini to’g’irlash yoki o’yinlarda obyektning harakatlarini boshqarish va
boshqalar. Ekranning pastki qismida navigatsiya paneli, yuqorida status bar
joylashgan. Status barda vaqt, quvvat, telefon signallari va ilovalar
bildirishnomalari haqida indicator ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Ilovalar qurilma imkoniyatlarini kengaytiradi, ular Android Software
Development Kit (SKD) va Java dasturlash tili yordamida yoziladi. Shuningdek
tizim Go dasturlash tilini ham qo’llab-quvvatlaydi, garchi ilovalar interfeyslariga
cheklovlar qo’yilgan bo’lsa ham. 2017-yil may oyida Google Android ilovalarni
ishlab chiqish uchun Kotlin dasturlash tilini qo’llab-quvvatlashini e`lon qildi.
|