Kirish
Ma`lumki, dastur mashina kodlarining qanday ketma-ketligi bo'lib, aniq bir
hisoblash vositasini amal qilishini boshqaradi. Dastur vositasini yaratish jarayoni
osonlashtirishishi uchun yuzlab dasturlash tillari yaratilgan. Barcha dasturlash
tillarini ikki toifaga ajratish mumkin:
- quyi darajadagi dasturlash tillari
- yuqori darajadagi dasturlash tillari
Quyi darajadagi dasturlash tillariga Assambler tillari kiradi. Bu tillar nisbatan
qisqa va tezkor bajariluvchi kodlarni yaratish imkonini beradi. Lekin, Assambler
tilida dastur tuzish qiyin, nistaban uzoq davom etadigan jarayondir. Bunga qarama-
qarshi ravishda yuqori bosqich tillari yaratilganki, ularda tabiiy tillarning (ingliz
tilining) cheklangan ko'rinishidan foydalangan holda dastur tuziladi. Yuqori
bosqich tillari operatorlar, berilganlarning turlari, o'zgaruchilar va dastur
yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyatini oshiradi va dasturni
"o'qimishli" bo'lishini taminlaydi. Yuqori bosqich tillariga Fortran, PL/1, Prolog,
Lisp, Basic, Pascal, C va boshqa tillarni misol keltirish mumkin. Kompyuter
arxitekturasi takomillashuvi, kompyuter tarmog'ining rivojlanishiga mos ravishda
yuqori darajali tillarni yangi variantlarini yuzaga kelishiga, yangi tillarni paydo
bo'lishiga, ayrim tillarni yo'qolib ketishiga olib keldi. Hozirda keng tarqalgan
tillarga Object Pascal, C++, C#, PHP, Java, ASP tillari hisoblanadi. Xususan, C++
tilining takomillashgan varianti sifatida Java tilini olishimiz mumkin. Java
dasturlash tilining yaxshilangan va mukammalash alternativ varianti sifatida esa
Kotlin dasturlash tilini tanlashimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: