О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Tarmoq xavfsizligida mavjud muammolar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

4.1.2. Tarmoq xavfsizligida mavjud muammolar 
Axborot, Internet va kompyuter xavfsizligida aksariyat foydalanuvchilar 
tahdid, zaiflik va hujum tushunchalaridan tez-tez foydalanadilar. Biroq, aksariyat 
foydalanuvchilar tomonidan ularni almashtirib holatlari kuzatiladi.
Tahdid
bu – natijasi tashkilotning amallariga va funksional harakatlariga zarar 
keltiruvchi va ularni uzib qo’yuvchi oshkor bo’lmagan hodisalarning potensial 
paydo bo’lishidir. Tahdidlar tashkilotning butunlik va foydalanuvchanlik omillariga 
ta’sir qilishi mumkin. Tahdidning ta’siri juda yuqori va u tashkilotdagi fizik axborot 
aktivlarining mavjudligiga ta’sir qilishi mumkin. Tahdidlarning paydo bo’lishi 
tasodifiy, qasddan yoki boshqa harakatning ta’sirida bo’lishi mumkin. 
Zaiflik
bu – “portlaganida” tizim xavfsizligini buzuvchi kutilmagan va oshkor 
bo’lmagan hodisalarga olib keluvchi kamchilik, loyihalashdagi yoki amalga 
oshirishdagi xatolik. Oddiy so’z bilan aytganda, zaiflik xavfsizlik bo’shlig’i bo’lib, 
foydalanuvchilarni autentifikasiyalashning turli usullarini aylanib o’tib hujumchiga 
tizimga kirish imkoniyatini taqdim etadi.


143 
Hujum
bu – zaiflik orqali AT tizimi xavfsizligini buzish tomon amalga 
oshirilgan harakat bo’lib, bunda zararli dasturlarni va buyruqlarni yuborish orqali 
qonuniy dasturiy va apparat vositadan foydalanish imkoniyatini qo’lga kiritishga 
harakat qilinadi. 
Tarmoqdan foydalanib amalga oshiriluvchi hujumlar soni va ko’rinishlari 
juda ham jadallik bilan ortib bormoqda. Doimiy hujumlar butun hisoblash 
qurilmalari dunyosi uchun asosiy muammo bo’lgani bois, tashkilotlar tarmoq 
xavfsizligini ta’minlash uchun katta mablag’ sarflashmoqda. Tarmoq xavfsizligi 
muammolari tashkilotdagi mavjud axborotning foydalanuvchanligi, konfidensialligi 
va butunligiga ta’sir qiladi. Hujumni amalga oshirishda dastlab texnologiyalardagi 
xavfsizlik bo’shliqlarini aniqlashga amalga oshiriladi. O’z navbatida bu tizim 
administratoridan tarmoqda paydo bo’luvchi yangi hujumlar haqida ma’lumotga ega 
bo’lib borishni talab etadi.
Tarmoqni qurish oson vazifa hisoblansada, hujumchi turli vositalardan 
foydalangan holda tizimdagi zaifliklarni aniqlashga harakat qilishi bois uning 
xavfsizligini ta’minlash murakkab vazifa hisoblanadi. Tashkilot tarmog’i ichkaridan 
amalga oshiriluvchi turli hujumlarga ham uchrashi mumkin. Ichkaridan turib amalga 
oshirilgan hujum odatda tashqi hujumdan xavfliroq bo’ladi. Shuning uchun, 
tashkilotdan doimiy ravishda tarmoqdagi hujumlarni monitoring qilib borishi 
muhim hisoblanadi.
Hozirda tarmoq orqali amalga oshiriluvchi muammolarning ortishiga 
quyidagi omillar ta’sir qilmoqda: 
Qurilma yoki dasturiy vositani noto’g’ri sozlanishi. 
Xavfsizlik bo’shliqlari 
odatda tarmoqdagi qurilma yoki dasturiy vositalarning noto’g’ri sozlangani bois 
vujudga keladi. Masalan, noto’g’ri sozlangan yoki shifrlash mavjud bo’lmagan 
protokoldan foydalanish tarmoq orqali yuboriluvchi maxfiy ma’lumotni oshkor 
bo’lishi sababchi bo’lishi mumkin. Noto’g’ri sozlangan qurilma hujum
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin