290
Audit jurnali –
tizim harakatlarining xronologik yozuvi. Berilgan
muddatda
bajariluvchi tizimli foydalanishlar va amallar yozuvlarini o’z ichiga oladi.
Autentifikator
–
foydalanuvchining farqli alomatini ifodalovchi
autentifikatsiya vositasi. Qo’shimcha kod so’zlari, biometrik ma’lumotlar va
foydalanuvchining boshqa farqli alomatlari autentifikatsiya vositalari bo’lishi
mumkin.
Autentifikatsiya
– odatda tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat etish
xususida qaror qabul uchun
foydalanuvchining, qurilmaning yoki tizimning boshqa
tashkil etuvchisining identifikasiyasini tekshirish; saqlanuvchi va uzatuvchi
ma’lumotlarning ruxsatsiz modifikatsiyalanganligini aniqlash uchun tekshirish.
Avariya vaziyati
– masalalar yechilishining to’xtalishiga sabab bo’luvchi
hisoblash tizimining buzilishi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
– ma’lumotlarni
va axborotni yaratish,
uzatish, ishlash, tarqatish, saqlash va/yoki boshqarishga va hisoblashlarni amalga
oshirishga mo’ljallangan dasturiy va apparat vositalar majmui.
Avtorizatsiya
– tizimda foydalanuvchiga, uning ijobiy autentifikatsiyasiga
asosan, ma’lum foydalanish huquqlarini taqdim etish.
Axborot
egasi - axborot resurslariga, axborot mulkdori bilan shartnoma
asosida egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni idora qilish huquqiga ega axborot
munosabatlarining subyekti.
Axborot kafolati -
axborot va axborot tizimlarining foydalanuvchanligini,
yaxlitligini, autentifikatsiyalanishini, konfidensialligini
va rad etmasligini
ta’minlash orqali himoyalash va qo’riqlash choralari.
Axborot urushi
- dushmanning axborotiga, axborotga asoslangan
jarayonlariga va axborot
tizimlariga zarar yetkazish, bir vaqtning o’zida tegishli
axborotni, axborotga va axborot tizimlariga asoslangan
jarayonlarni himoyalash
yo’li bilan axborot ustunligiga erishish uchun zarur choralarni ko’rish harakatlari.
Dostları ilə paylaş: