291
qilingan ta’sirlardan axborotning va madadlovchi infrastrukturaning
himoyalanganligi.
Axborot xavfsizligi -
axborot holati bo’lib, unga binoan axborotga tasodifiy
yoki atayin ruxsatsiz ta’sir etishga yoki ruxsatsiz uning olinishiga yo’l qo’yilmaydi;
yana - axborotni texnik vositalar yordamida ishlanishida uning
maxfiylik
(konfidensiallik), yaxlitlik va foydalanuvchanlik kabi xarakteristikalarini
(xususiyatlarini) saqlanishini ta’minlovchi axborotning himoyalanish darajasi holati.
Axborot xavfsizligi arxitektori -
tashkilotning
asosiy missiyasini
himoyalash uchun kerakli axborot xavfsizligi talablari va etalon modelni, segment
va yechimlar arxitekturasini o’z ichiga olgan barcha tashkilot
arxitektura jixatlarida
adekvat adreslangan biznes - jarayonlar va bu missiya va biznes jarayonlarni
madadlovchi axborot tizimlarini ta’minlashga javobgar bo’lgan
jismoniy shaxs,
guruh yoki tashkilot.
Axborot xavfsizligi doktrinasi
- axborot xavfsizligini ta’minlash
maqsadlariga, masalalariga, prinsiplariga va asosiy yo’nalishlariga rasmiy qarashlar
majmui.
Axborotdan foydalanish
– shtatga oid texnik vositalardan foydalanib
axborot bilan tanishish, uni xujjatlash, nusxalash, modifikatsiyalash yoki axborotni
yo’q qilish jarayoni.
Axborotni texnik himoyalash
- himoyalashga loyiq axborotning
(ma’lumotlarning) xavfsizligini
xarakatdagi qonunlarga muvofiq, texnik, dasturiy
va dasturiy - texnik vositalarni ishlatib, nokriptografik
usullar yordamida
ta’minlashdan iborat axborot himoyasi.
Axborotni fizik (bevosita) himoyalash
-
himoya obyektiga vakolatsiz
shaxslarning suqilib kirishlariga yoki undan foydalanishlariga to’siqlar yaratuvchi
tashkiliy tadbirlar yoki vositalar majmuini ishlatish yo’li
bilan axborotni
himoyalash.
Dostları ilə paylaş: