O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/51
tarix07.01.2024
ölçüsü0,59 Mb.
#205038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Nukus filiali

Ta'limdan olinadigan natijalar:
- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish;
- ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lish;
- adabiy til me’yorlarini to’liq o’zlashtirish;
- bog’lanishli matn tuzish va o’z sohasi doirasida fikrlarni o’zbеk tilida to’g’ri bayon qila olish.
2. Rasmiy- idoraviy uslub. Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi. Ushbu mavzuda hujjatchilik tarixi, uning rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi.
Ta'limdan olinadigan natijalar:
- hujjatning o‘zi nima, hujjatlar tarixini o‘rganish;
- hujjatlarning o'rni va ahamiyatini talabalarga yetkazish;
- o’zbеk tilida sintaktik jihatdan to’g’ri gap tuzish ko’nikmasiga ega bo’lish,
- rasmiy hujjatlarning yozilish shaklini o’zlashtirish;
- ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilish.


3. Hujjat turlari va xususiyatlari. Ish yuritish terminlarining lug‘ati. Hujjatlar tilining o'ziga xosligi shundaki, unda qolipli va andozali so'z, birikma va gaplar ishlatiladi. Bu jihati bilan hujjatlar tili ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.
Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirishni o’rganish;

  • ish yuritish terminlaridan to’g’ri foydalanish;

  • ish qog'ozlari tili va uslubi haqida nazariy ma’lumotga ega bo'lish;

  • ish qog’ozlari, hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy izchillikka erishish hamda zarur leksik-sintaktik vositalardan o’rinli foydalanish;

  • кundalik hayotda keng qo'llaniladigan hujjat namunalari ustida ish olib borish va amaliy jihatdan ko‘nikmalar hosil qilish.

4. Publitsistik nutq. Matn turlari va tarkibi. Maqola va uning janrlari. Talabalarga publitsistik uslubning yozma va og’zaki turlari hamda maqola yozish qoidalari haqida to’liq ma’lumot beriladi. Bo'limda matnning tarkibi o’rganilib tahlil qilinadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin