Ta'limdan olinadigan natijalar:
publitsistik maqola yozish haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish;
maqola matnini tahlil qilish;
gazeta va jurnallarga maqola yozish ko’nikmasini hosil qilish;
matnni tahrir qilish qoidalarini o’rganish.
5. Taqdimot nutqi. Internet tili. Reklama. Reportaj tayyorlash, intervyu olish qoidalari. Bu bo'limda ommaviy axborot vositalari tili haqida ma’lumot beriladi. Reklama matnini tayyorlash, reportaj tayyorlash, intervyu olishning til xususiyatlari o'rganiladi.Talabalarga taqdimot matnlarini yaratishni o’rgatish.
Ta'limdan olinadigan natijalar:
- taqdimot matnlarini tuza olish;
- reklama matnini tayyorlay olish;
- mustaqil intervyu va reportaj tayyorlay olish;
- Internet tili xususiyatlarini o’zlashtirish.
VI. Mustaqil ta’lim bo’yicha tavsiyalar
Mustaqil ish o‘qituvchining talabalarga avvaldan berib qo‘yiladigan fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:
• amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
• ma’lumot hujjatlarini yozish;
• berilgan mavzu bo’yicha hisobot yozish;
• mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;
• rezyume yozish;
• reklama matnlari yaratish;
• publitsistik maqola tayyorlash.
VII. O’zlashtirishni baholash bo’yicha tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlarda baholash talabalarning darsga qatnashishi, amaliy mashg’ulotlardagi topshiriqlarni bajarishi hamda mustaqil ishlarni o'z vaqtida topshirishlari asosida amalga oshiriladi. Baholash foiz hisobida quyidagicha:
Amaliy mashg’ulotlar - 30%
Mustaqil ta'lim- 20%
Yakuniy nazorat -50%
VIII. ADABIYOTLAR RO'YXATI
Asosiy adabiyotlar
1. М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.
2. X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.
3. Д.А. Бабахонова. Официальный делавой стиль современного узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г.
Dostları ilə paylaş: |