O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/51
tarix07.01.2024
ölçüsü0,59 Mb.
#205038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Nukus filiali

Tuzuvchilar:
Axmedova M.X.- TATU, «O’zbek va rus tillari » кafedrasi dotsenti, p.f.n Gayubova K.A. – TATU, «O’zbek va rus tillari » kafedrasi katta o’qituvchisi
Yulanova N.D. – TATU, «O’zbek va rus tillari » kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
G.A.Narimova –TDPU, “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi dotsenti, f.f.n.
M.T.Abdurahmonova – O’z MU “O’zbek filologiyasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n.





Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2019 yil “ _ ” ___________dagi “__” -sonli bayonnoma).
I.Fanning mazmuni
Kishi o’z fikrini aniq va ravon ifodalash uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo’lishi, kundalik so’zlashuv tilidan tashqari, rasmiy-ish yuritish tilini ham bilishi kerak.Chunki oddiy ishchimi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo’lmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to’g’ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog’ozlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida» gi qonunning o’zak moddalari (8-14 moddalar) da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo’lgan hujjatlar jamoalarning, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo’lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilan-oq bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyoj barobarida dastlabki hujjatlar yuzaga kelgan.
Rasmiy munosabat - ish yuritish har bir davrda o‘ziga xos ro‘y beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, hujjatlar kishilik jamiyatini tartibga solib turuvchi vositadir. Mukammal va oqilona tashkil qilingan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonda ish yuritish xalqimizning birligi va borligi sifatida ijtimoiy hayotdagi o‘rni alohida. Yosh mutaxassislarga bu sohada bilim berish davr taqozosidir.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin