O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi (1)
Mahalliy hisoblash tarmog'ining apparat ta'minoti
Mahalliy hisoblash tarmoq qurilmalari aboncntlar o’rtasidagi
real aloqani ta'minlab beradi. Tarmoqni loyihalashtirish bosqichida
qurilmalarni tanlash juda katta ahamiyatga ega, chunki qurilmalar narxi umumiy tarmoq narxining katta qismini tashkil etadi. Aloqa
qurilmalarini o'zgartirish esa, nafaqat qo'shimcha mablag'ni talab
etadi. yana qiyin ish hajmining oshishiga ham sabab bu'ladi.
Mahalliy tarmoq qurilmalariga quyidagilar kiradi:
• axborot uzatish uchun kabellar;
• kabellami ulash uchun razyomlar;
• moslovchi tcrminatorlar:
• tarmoq adapterlari;
• rcpitcrlar;
• transiverlar;
• konscntratorlar;
• ko'priklar (мосты):
• yo'naltirgichlar (маршрутизаторы);
• shluzJar.
Tarmoq qurilmalarining birinchi ucluasi haqida yuqoridagi
boblarda aytib o'tildi. Hozir biz qurilmalaming qolgan vazifalari
xususida to'xtalib o‘tamiz.
Tarmoq adapterlarini lurli adabiyotlarda yana kontrolyor. karta.
plata. interfeyslar, NIC - Network Interface Card nomlar bilan
ataydilar. Bu qurilmalar mahalliy tarmoqning asosiy qismi. ularsiz
tarmoq hosil qilish mumkin emas. Tarmoq adapterlarining vazi-
fasi — kompyutemi (yoki boshqa abonentni) tarmoq bilan ulash.
yana qabul qilingan qoidalarga rioya qilgan holda kompyuter bilan
aloqa kanali o'rtasidagi axborot almashinuvini ta'minlash. Aynan
shu qurilmalar OSI modelining quyi bosqichlari bajarishi kerak
bo'lgan vazifalami amalgit oshiradilar. Odatda. tarmoq adapterlari
plata ko'rinishida ishlab chiqariladi va kompyuterning sistema
magistrallarini kengaytirish uchun qoldirilgan razyomga oTnatiladi
(odatda. ISA yoki PCI). Tarmoq adapter platasida ham. odatda.
bitta yoki bir nccha tashqi razyomlar bo'lib, ularga tarmoq kabcllari
ulanadi (3 - rasm).
Tarmoq adapterlarining hamma vazifalari ikkiga bo'linadi:
magistral va tarmoq. Magistral vazifalarga adapter bilan
kompyuterning sistema shinasi o'rtasidagi almashinuvni amalga
oshirish (ya’ni o'zining magistral manzilini tanish, kompyuterga
axborot uzatish va kompyuterdan ham axborot olish. kompyuter
uchun uzilish signalini hosil qilish va hokazolar) kiradi. Tarmoq
vazifalari esa, adapterlarni tarmoq bilan muloqotini ta’minlashdir.