Muloqot etalon modeli
Xalqaro standartlar tashkiloti tomonidan (ISO — International
Standards Organization) 1984-yili OSI modeli taqdim qilingan.
Shundan buyon hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqa-
ruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Harqanday universal
model singari, OSI modeli ham ancha qo‘pol. Tcz o'zgartirishlami
bajarishi qiyin, shuning uchun turli shakllar taklif qiladigan real
tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalami taqsimlashga juda ham
rioya qilinmaydi.
Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‘y berayotgan
jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi
bajariladigan vazifalar (funksiyalar) modelda 7 bosqichga boMingan
(1-rasm). Yuqori o'rindagi bosqichlar ancha murakkab, global
masalalar bajariladi. Buning uchun quyidagi bosqichlarni o‘z
maqsadlari uchun ishlatib, ularni boshqaradilar. Quyida joylashgan
bosqichlar maqsadi — yuqori bosqichga xizmat ko'rsatish, yuqori
joylashgan bosqichlar uchun ko‘rsatiladigan bu xizmat mayda
qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.
7. Amaliy bosqich
|
6. Prezentatsiya bosqichi
|
5. Aloqa vaqtining bosqichi
|
4. Transport bosqichi
|
3. Tarmoq bosqichi
|
2. Kanal bosqichi
|
1. Jismoniy bosqich
|
1-rasm. OSI modelining yetti bosqichi.
Quyi joylashgan bosqichlar sodda bo'lib, aniq vazifalarni
bajaradi. Ideal holda har bir bosqich o‘zidan tepadagi va quyi
bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga
ishlayotgan, amaliy masalaga lo‘g‘ri kelsa, quyi bosqich esa,
signalni aloqa kanali orqali uzatishga to‘g‘ri keladi. 1-rasmda
keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri
tomonidan bajariladi.
Bir abonentdagi har bir bosqich sliunday ishlaydiki, u boshqa
abonentning xuddi shu bosqichi bilan to‘g‘ri aloqasi bordek, ya’ni
tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari o'rtasida virtual
aloqa mavjud. Bir tarmoq aboncntlari o‘rtasidagi real aloqa faqat
eng quyi birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot
uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan
boshlab quyi bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa, qabul
qilingan axborot teskari yo'nalishda, quyi bosqichdan boshlab,
yuqori bosqichga harakat qiladi (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |