54
olishmaydi. Gap shundaki, barcha iqtisodiy sub’ektlar bilvosita soliqlar va
inflyatsiya solig`ini to`lashadi (birinchi navbatda bu xufyona almashuvlar
chog`idagi mutlaq naqd pullarga taalluqli). Lekin transfertlar bir tomonlama
xususiyatga ega – oshkora iqtisodiy sub’ektlardan farqli o`laroq,
xufyona iqtisodiy
sub’ektlar buzilgan mulkchilik huquqlarini himoyalash yuzasidan davlatga
murojaat eta olishmaydi. Bunga, shuningdek, kredit olish bilan bog`liq
qiyinchiliklarni ham qo`shimcha qilish lozim – chunki o`z faoliyatini yashiruvchi
sub’ektlar o`zining kreditga layoqatliligini buxgalteriya balansida asoslay
olishmaydi.
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog`liq
xarajatlar
. Daromad solig`i, ijtimoiy sug`urta fondiga va pensiya jamg`armasiga
majburiy to`lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini to`lashga tejash imkonini
beradi, lekin bunda mehnatning o`rnini sarmoya bilan
bosish va texika bilan qayta
jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. Arzon mehnat korxonani «yo`ldan
ozdiradi». Bundan tashqari, qo`shilgan qiymat solig`ini undirish tadbiri xufyona
faoliyat sohasini faqat ishlab chiqarish zanjirining chetki bo`g`inlari – chakana
savdo va xomashyoga ishlov berishning boshlang`ich bosqichlari bilan cheklaydi.
Chunki ishlab chiqarish jarayonining aynan boshlang`ich bosqichlarida QQSni
to`lamaslikdan ko`riladigan foyda eng ko`p miqdorga yetadi, ayni paytda oraliq
bosqichlarda oraliq mahsulotning xufyona yotkazib beruvchilari oshkora yetkazib
beruvchilarga qaraganda yutqazish holatiga tushib qolishadi.
Qonuniy qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligi bilan bog`liq
xarajatlar. Mulkchilik huquqlarini xufyona tafsirlash faqat
ijtimoiy sanksiyalar va
munosabatlarni shaxslashtirish yo`li bilan ijtimoiy tuzilmalar doirasida amalga
oshirilishi mumkin. Mulkchilik huquqlari oshkora (fuqarolik kelishuvi asosida)
emas, balki ijtimoiy (an’anaviy kelishuvlar asosida) belgilanadi va himoyalanadi.
Shuning uchun faqat barcha transaksiyalar ijtimoiy tuzulma - qabila, oila-
qarindoshchilik yoki qo`shni jamoa, milliy doiralar ichida amalga oshirilganda,
huquqlarni almashish va himoyalash xarajatlari juda past bo`ladi. «Chetdan» inson
ishtirokidagi har qanday bitimda mulkchilik huquqlarini himoya qilishning
iqtisodiy mexanizmlari amal qilmay qoladi. Demak, huquqlar faqat ular ichida eng
yuqori narxni to`lashga tayyor bo`lgan (ya’ni eng samarali huquq egasi) xaridor
topilishi shart bo`lmagan insonlarning qat’iy chegaralangan doirasiga mumkin.
Kouz teoremasining
bajarilmasligidan tashqari, mulkchilik huquqlarini
kapitallashtirish, huquqlarni erkin o`tkazishning ilojsizligi ham ma’lum shaxslar
doirasi tomonidan huquqlar bilan almashuvni cheklashning natijasi hisoblanadi
(o`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini sotishning iloji yo`q). De
Soto xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqlarini ta’riflash uchun
«jonsizlantirilgan sarmoya» atamasidan foydalanadi: ushbu sarmoyadan garov
sifatida foydalanish, uni garovga investitsiya qilish,
erkin sotish, ba’zan esa
shunchaki meros qilib qoldirish mumkin emas.
Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog`liq xarajatlar
.
Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko`plab iqtisodiy sub’ektlar
ishtirok etadigan uzoq muddatli loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi.
55
Chunki uzoq muddatli loyihaga mablag`lar qo`yishga undovchi omil bo`lib unda
ishtirok etuvchi insonlarning shaxsiy nufuzi emas, balki nima bo`lishidan qat’i
nazar sarmoyadorlarning huquqlari himoyalanishiga ishonch hisoblanadi.
Haqiqatdan ham, shartnomani qayta ko`rib chiqish zarurati tug`ilgan hollarda
ishtirokchilar bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor bo`lmagan
barcha ikir-chikirlariga e’tibor qaratishi lozim bo`lgan sud yoki arbitrajga murojaat
eta olishmaydi.
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog`liq
xarajatlar
. Faoliyatni va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona
bitim ishtirokchilari doirasini mumkin qadar cheklashga undaydi.
Xufyona bitim
ko`proq ikki tomonlama xususiyatga ega. Bitimdan manfaatdor bo`lgan uchinchi
shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi)
uning ishtirokchilari doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari
bitimda hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, zararli foydalanish huquqi,
odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan tashqarida qoladi.
Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari
.
Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator substitutlariga – oilaviy-
qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish
uchun ikkala muqobil variantdan ham foydalanish xarajatlar bilan bog`liq.
Birinchidan, ko`p
sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa «o`zinikilar» bilan
yaxshi munosabatlarni ushlab turish e’tibor belgilarini qaratish uchun vaqt va
xizmatlar almashish uchun mablag`lar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuch
tuzilmalari funksiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish o`ziga xos
soliqni to`lash zarurati bilan shartlangan. Hatto Italiyada ushbu soliq alohida–
pizzo nomiga ega bo`lgan. Ushbu soliqning miqdori yo korxona aylanmasiga
nisbatan foizlarda, yoki mafiya tomonidan biznesni himoyalash
va nizolarni hal
etish bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlarga ekvivalnt hisobida hisoblab chiqiladi.
Bunda davlatdan farqli ravishda mafiya o`z xizmatlarining har bir
foydalanuvchisiga «soliqning» alohida miqdorini belgilagan holda monopolchini
kamsituvchi siyosatni olib borishga qodir bo`ladi. Oshkora tuzilmaga qaraganda
mafiya faoliyatining lokal xususiyati axborot manbalarining ancha keng doirasidan
foydalanishidir.
Dostları ilə paylaş: