O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


 Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

5.3. Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo`lishi bilan shartlangan
umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar
jumlasiga, birinchidan, xufyona xo`jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini
kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti
sharoitida yaqqol namoyon bo`ladi. «Dastlabki iqtisodiyot» qondira olmaydigan
talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha
narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning
barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o`tishda
ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta
o`lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni


56
yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq
to`lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga
qodir: xufyona korxona faoliyat ko`rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-
qarindoshchilik, urug`chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta
tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo`shatishga yo`l qo`yish – ijtimoiy aloqalarning
buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik
muvazanatga erishish o`z parametrlariga ko`ra neoklassik bozordan g`oyat
uzoqlashgan bozorga bog`liq.
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo`lishi oshkora bozorga kirish
xarajatlari yuqori bo`lganligi tufayli unga talab bo`lmay qolgan tadbirkorlik
salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda
oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va
iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko`cha
savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida
marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo
korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin.
Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel
ravishda mavjud bo`lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ham
ko`rsatadi. Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli
texnik taraqqiyot to`xtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi.
Investitsiya manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi
mavjud resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbaan
tashqi sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham
kamayadi. Oshkora iqtisodiyotda qolgan iqtisodiy sub’ektlarga soliq yuki
ko`payadi: davlat tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar xarajatlari kam sonli soliq
to`lovchilarga taqsimlanadi. Ushbu vaziyat ikkilanib yurganlarni ham xufyona
sektorga o`tishga undaydi - qonunga bo`ysunish narxi cheksiz yuqori bo`ladi.
Buning natijasida oshkora sektor kollansi yuzaga keladi – unda faqat eng yirik
korxonalar qoladi, chunki ular shunchaki to`liq «soyaga» keta olishmaydi. Bundan
tashqari, xufyona iqtisodiyotning mavjud bo`lishi izchil makroiqtisodiy siyosatni
amalga oshirish bo`yicha har qanday chora-tadbirlarni samarasiz qiladi: u g`oyat
noadekvat indikatorlar va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar asosida quriladi. Yuqorida
aytilganlar pul-kredit siyosatlariga nisbatan juda muhim, chunki naqd pullarning
xufyona aylanmasi markaziy bank nazorati ostida bo`lmaydi.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin