ABADIYAT [
a. تيدبا– mangulik, so‘ngsizlik]
kt. kam qo‘ll. Abadiylik,
mangulik.
Nur sochilgan, gul ochilgan bahor tunida Abadiyat qo‘shig‘iga
solardim quloq. Uyg‘un.
Shu erur mangulik ham abadiyat Unda qaror topur
bizning jamiyat. T. Nizom, Alisher.
ABADIYLASHMOQ Abadiy mavjudlikka ega bo‘lmoq;
mangulik kasb
etmoq.
Xotirasi abadiylashdi.
ABADIYLASHTIRMOQ
Abadiy
unutilmaydigan,
yo‘qolmaydigan
qilmoq; avlodlarga mangu qoldirmoq.
Olimning nomini abadiylashtirmoq.
Ulug‘larning nomlari abadiylashtirilib, ularning yodini olib yaxshi, xayrli ishlar
qilinayotgani bizni quvontiradi. E. Oxunova, Biz suv ichgan daryolar.
ABADIYLIK Mangulik, doimiylik.
Materiyaning abadiylik qonuni. ▬
Keyin esa abadiylik haqidagi o‘ylarimga ham bus-butkul yakun yasadim:
Ya’nikim, men vaqtning maxluq ekanini tushunib yetdimmi, demak, abadiylik
tushunchasini bir kuni tushunib yetaman. Gazetadan.
Xullas, oqillar aytganidek,
hayot barhayotlik uchun kurash ekan, u qanchalik qiyinchiliklar, taloto‘plar,
nobopliklar, quvonch-u shodliklar ichida o‘tmasin, o‘zlikni anglash va uni ko‘plab
insonlar uchun ibrat qilib qoldirish abadiylikka daxldor etarkan. X. Umurov,
Yorug‘ va yoniq qalblar.
Mudom Olloh nazarida bo‘l, Abadiylik –
sen tanlagan
yo‘l! T. Nizom, Alisher.
ABADULABAD [
a. دبلاادبا – abadlarning abadi] Abadiy suratda, butun hayot
davomida, doimo.
Shu sababli ham ul hazratning [
Imom al-
Buxoriyning]
muborak
nomi abadulabad insoniyat xotirasidan o‘chmagay. Gazetadan.
ABAJUR [
fr. abat-jour
–
Yorug‘likni qaytaruvchi] Kerakli yorug‘likni bir
joyga to‘plab tushirish yoki ko‘zni yorug‘lik nuridan pana qilish uchun lampa
ustiga o‘rnatiladigan, shisha, mato, metall va sh.k. dan yasalgan qalpoq.
Chinni
abajur. Shoyi abajur. Shiftda abajur osig‘liq. ▬ Abajurdan taralgan ko‘kish nur
uning yuzida tovlanardi. S. Zunnunova,
Yangi direktor. Latofat abajurni divanga
yaqinroq surdi, stoldan qog‘oz-qalam olib domlaga yaqinroq o‘tirdi. O.Yoqubov,