ABJAQLAMOQ kam qo‘ll. Abjaq
qilmoq, abjag‘ini chiqarmoq, dabdala
qilmoq.
ABJIR Oyoq-qo‘li tez, tez harakat qila oladigan; epchil, chaqqon.
Abjir
bola. ▬ Yo‘lchiboy... barvastaligiga qaramasdan abjirgina yigit. Oybek,
Tanlangan asarlar.
Otamdan yoshi katta bo‘lsa ham, lekin o‘zi abjir, g‘o‘labir kishi
edi. M. Ismoiliy, Bizning roman.
ABJIRLIK Epchil harakat; chaqqonlik.
Ot munkib ketganda, egarning
ustidan dumbaloq oshib tushgan paranjisiz qiz o‘ynoqi kaptarday abjirlik bilan
o‘zini o‘ng‘arib oldi-da, juvonga yordam bergani shoshildi. A. Qahhor, Maston.
Dostları ilə paylaş: