O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#176403
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher-navoiy-ijodining-islomiy-ma-rifiy-asoslari

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 
 
 
 
 
 
26
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
ijodiy konsepsiyaga bo„ysunadi, yaxlit poetik tizim asosida yaratilgan. “Xamsa” 
tarkibiga kirgan har bir doston Alloh taologa hamd, munojot va Rasululloh (s.a.v)ga 
na‟t bilan boshlanadi. Aqoid ilmiga oid haqiqatlar ana shu muqaddima qismlarining 
asosini tashkil etadi. Ulug„ shoir har bir bayt, har bir misra zamiriga Qur‟oni karim 
oyatlari va hadisi shariflar mazmunini mahorat bilan singdiradi, ulardan iqtiboslar 
keltiradi. Jumladan, “”Hayratu-l-abror”ning avvalgi munojotida insonga mana bunday 
ta‟rif beradi: 
“Karramno” keldi manoqib ango, “Ahsani taqvim”munosib ango 
[8.15].
 
Baytdagi “Karramno” so„zi “Isro” surasining “Batahqiq Biz bani Odamni azizu 
mukarram qilib qo„ydik” [13.289] mazmunidagi 70-oyatidan iqtibos. “Ahsani taqvim” 
jumlasi “Tiyn” surasining “Batahqiq, Biz insonni yaxshi suratda yaratdik” [13.597] 
mazmunidagi 4-oyatidan olingan. Buyuk shoir Alloh taolo insonni mukarram qilgani 
va yaxshi suratda yaratgani bilan bog„liq Qur‟oni karimdagi ikki ilohiy xabarni bir 
baytga jamlash orqali Odam farzandlarining maqomi yuksak ekani, shunga munosib 
hayot kechirmog„i zarurligi masalasiga urg„u bergan. 
Na‟t boblarning birinchisida Muhammad alayhissalomning nuri butun 
olamlardan avval yaratilgani va Odam safiyullohdan Rasulullohning otasi Abdullohga 
yetishgani, ikkinchisida ul zotning tavalludidan qirq yoshga to„lgunga qadar hayoti va 
payg„ambarlikning dastlabki davri, uchinchi na‟tda nur va soya ramzlari vositasida 
olamlar sarvariga berilgan ladunniy ilm hamda islom shariatining Arab va Ajamga 
yoyilib, kufr zulmatini yoritgani, to„rtinchi na‟tda Rasuli akram s.a.v.ning shariat rivoji 
yo„lidagi xizmatlari va as‟hobi kirom vasfi, beshinchi na‟tda meroj kechasi ta‟rif 
etilgan. 
Doston har yigirma maqolatida ma‟lum bir muhim mavzu yoritilgach, shunga 
doir hikoyat berilgan. Bunday usul doston mazmunining ta‟sir kuchini oshirgan, 
badiiyatini yuksaltirgan. Birinchi maqolatda iymon odamiylikning sharti, inson 
kamolotining asosiy manbai sifatida vasf etiladi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishoni anga iymon erur 
[8.85]. 
Maqolatda iymonning olti sharti – Haq taologa, farishtalarga, Tangri taolo so„zi 
bo„lgan samoviy kitoblarga, payg„ambarlarga, qiyomat kuniga hamda qazoi qadarga 
iymon keltirish zarurati ta‟sirli badiiy ifodalangan. Hazrat Navoiy kimki iymonning 
ana shu olti rukniga e‟tiqod qilsa, har qancha nomasiyoh, g„arqai daryoi gunah bo„lsa 
ham, afv etilib, abadiy rahmatga erishmog„i mumkinligini ta‟kidlaydi. Asarda 
ta‟riflanishicha, iymon – barcha insoniy fazilatlar asosi. Islom, 
adolat, karam, adab, qanoat, vafo, ishq, rostlig„, ilm, bulutdek 
jamiyatga foyda keltiruvchi bo„lmoq singari xislatlar iymon 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin