O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#176403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
alisher-navoiy-ijodining-islomiy-ma-rifiy-asoslari

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 
 
 
 
 
 
23
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
kamolot darajasiga ko„tarilishida quyidagi ijtimoiy-ma‟rifiy va badiiy-estetik omillar 
asos-zamin bo„lgan:
1. Qur‟on va Sunnatni mukammal o„rganib, butun hayoti davomida islom 
shariatining bu ikki mo„tabar manbasiga og„ishmay amal qilgani. 
2. Buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini o„rgangani hamda 
ulardagi g„oyalarni muttasil rivojlantirib va boyitib, asarlarida yuksak darajada badiiy 
talqin eta bilgani. 
3. O„zi mansub turkiy xalqning, o„zbekning tarixini mukammal bilgani, butun 
ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish
yuksaltirish yo„liga safarbar eta olgani. 
Xondamirning yozishicha, Alisher Navoiy shariat arkonlariga qat‟iy rioya 
etgan. G„azallaridan birida ulug„ shoir e‟tiqod (tavhid) bilan amal (shariat) uyg„un 
bo„lishi shartligini quyidagicha talqin etadi: 
Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar, 
Shar‟din nekim tajovuz ayladi – ilhod bil 
[7.385]

Ya‟ni tavhidni – Alloh taoloning yagonaligi sirini anglamoqchi bo„lgan kishi 
bilsinki, shariat chegarasidan chiqsa, yo„ldan adashadi.
Alisher Navoiy – so„zi va amali bir mutafakkir. U bir umr islom shariati 
ruknlariga qat‟iyat bilan amal qildi. Buni ulug„ bobokalonimizning o„zi “Vaqfiya” 
asarida quyidagicha izhor etadi: “...chun kishiga abadiy davlat va saromadi saodat va 
hayot chashmasining navidi va najot manzilining umidi islomning besh sutunlik zotu-
l-imodig„a kirmaguncha mumkin ermas va bu xamsu-l-muborak panjasig„a ilik 
urmag„uncha hech ish natija bermas. Avval ul kalimai tavhiddur. Shukrkim, oni 
alifdek jonim orasida naqsh etibmen. Ikkinchi – saloti xamsadur. Bihamdillahkim, 
oni naydek zehn aro sabt qilibmen. Uchunchi – Ramazonning o„ttuz kunining 
ro„zasidur. Shukrulillahkim, oni lomdek qalbimda yoshurubmen. To„rtinchi – 
zakotdur. Jonim naqdi ul Tengrig„a zakotim...” [1.650].
Xondamirning yozishicha, hazrat Alisher Navoiy: “...besh mahal jamoat bilan 
o„qiladigan namozlarning barchasida qatnashardilar” [12.127]. Juma va jamoat 
namozlari o„qishni tashkillashtirishda ham alohida g„ayrat ko„rsatgan. Hirot 
shahridagi Marg„aniy bog„i ichida benihoya chiroyli bezaklar bilan ziynatlangan 
jome masjidi qurib, o„z zamonasi qorilarining sarasi bo„lgan Xoja Hofiz Muhammad 
Sultonshohni ushbu masjid imomligiga tayinlagan hamda o„zi bu yerda besh mahal 
jamoat bilan o„qiladigan namozlarda muntazam ishtirok etgan. 
Hazrat Navoiyning xazinasida biror yili ham zakot to„lashga vojib 
bo„ladigan darajada oltin yig„ilmagan. Xazinaga kelib tushgan har 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin