21 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya did not prevent his works from expressing the national spirit. As a result of the
analysis, theoretical generalizations are made.
Keywords: artistic creativity, Islam, poetry, literature, Koran, hadith, artistic
and aesthetic factor, Sufism literature, artistic interpretation.eralizations are made.
Sharq-islom adabiyoti shaklni ham, vaznni ham, ijodiy konsepsiyani ham
Qur‟oni karim va Hadisi shariflardan olgan. Shayx Ahmad Taroziyning “Fununu-l-
balog„a” asarida she‟rning poetik shakliga taalluqli bo„lgan badiiy san‟atlarga
misollar avval Qur‟oni karim va Hadisi sharifdan, keyin turli shoirlar nazmiy
asarlaridan keltirilgani ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Masalan, baytning har ikki
misrasidagi so„zlarning ohangdosh, vazndosh va qofiyadosh bo„lishi talab etiladigan
tarsi‟ san‟atiga misol sifatida Qur‟oni majiddan quyidagi ikki oyat keltiriladi:
Innal-abrora lafiy na‟im, Va innal - fujjaro lafiy jahim. (Infitor, 13-14 ).
Yana:
Inna ilayna iyobahum, Summa inna a‟layna hisobahum. (G„oshiya, 25-26 ).
Shundan so„ng mazkur badiiy san‟atga Rasuli akram (s.a.v.)ning “Kimki
g„azabiga itoat qilibdi, adabini zoye qilibdi” mazmunidagi hadisi misol qilingan:
Man a‟to‟a g„azabahu, azo‟a adabahu [11.85]
. Tarsi‟ san‟atiga hazrat Navoiyning “Hayratu-l-abror” dostoni munojot qismidan
olingan quyidagi bayt misol bo„la oladi:
Kimki boshi sajdada – masjudisen, Kimki yuzi qiblada – ma‟budisen [8.16]
. Tashbeh badiiy adabiyotning xususiyatini to„liq mujassam etadigan san‟at ekani
ayon. “Fununu-l-balog„a”da ushbu badiiy san‟atga “Yosin” surasidan misol
keltiradi:
Val-qamara qaddarnahu manozila hatta „ada ka-l-urjuni-l-qadim [11.94]
. Ma‟nosi: Biz oyni ham toki u eski xurmo butog„i kabi bo„lib qolguncha manzillarini
belgilab, tayinlab qo„ygandirmiz. Ushbu oyati karimada “
eski xurmo butog„i kabi ”
deyilar ekan, Alloh taolo bu orqali insonlarga tashbeh vositasida fikr yuritishni ta‟lim
beryapti. Shu asosda muborak Hadislarda ham tashbeh asosida fikrning balog„at va
fasohat bilan bayon etilishi kuzatiladi. Mas.:
An-nasu savaun kaasnanil-mishti [11.95]
. Ma‟nosi:
Odamlar xuddi taroqning tishlari kabi barobardirlar. Alisher Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni – “Hayratu-
l-abror”da ustozi Abdurahmon Jomiy ta‟rifida quyidagi tashbehlar
qo„llanilgani kuzatiladi:
Ko„ksi – haqoyiq duri ganjinasi, Ko„ngli