O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 27 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya poydevori ustiga quriladi. Dostonda ushbu fazilatlarning har biri alohida bob
doirasida badiiy talqin etiladi. “Hayratu-l-abror”ning ikkinchi maqolati «alif»lari
amniyat bog„ining sarvlari, «sin»i saodat qasrining kungirasi, «lom»i latofat
gulchehrasining sunbuli zulfi va «mim»i muhabbat mash‟alining nuri” deya
ta‟riflangan “islom” vasfiga bag„ishlangan. Hazrat Navoiy talqinicha, Tangri taolo
olam ahlini ikki toifa: ahli najot va ahli halok etib yaratgan, birinchisi islom
yo„lidagilar, ikkinchisi esa “obidi asnom” – sanamlarga topinguvchilar. Keyin esa
islomning besh sharti – “xamsi muborak”ni shahhlaydi:
Anglag„il arkonini beishtiboh, Avvali “Illalloh” ila “lo iloh”, Yona Muhammadni ango bil Rasul, Ber munga tonig„lig„u qilg„il qabul [8.95-96].
Ya‟ni birinchi shart – Alloh taoloning
yagonaligi va Muhammad alayhissalom uning rasuli ekaniga guvohlik berish hamda
chin ko„ngildan qabul qilish. Buyuk shoir ta‟rificha, ikki olam nizomi ana shu ikki
kalom bilandir. Islomning ikkinchi sharti – adoi salot, ya‟ni namoz, uchinchisi –
zakot, to„rtinchisi – ro„za, beshinchisi – haj, ya‟ni Baytulharamni ziyorat etmoq bilan
bog„liq talqinlar ham fikrning ta‟sir kuchi va betakror badiiyati bilan alohida ajralib
turadi.
“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” hamda “Sab‟ai sayyor” dostonlari
asosiy qahramonlari tarixiy ildizlariga ega. Jumladan, buyuk mutafakkir “Tarixi
muluki Ajam”da Xusrav Parviz binni Hurmuz tarixini alohida zikr etadi. Asarda
Farhod, Shirin, Buzurg Ummid nomlari ham tarixiy shaxslar sifatida tilga olingan.
Xusravning olamda husnu latofat va jamolu malohatda tengsiz Shirin ismli
mahbubasi, Farhoddek raqibi, shuningdek, Buzurg Ummiddek asrining a‟lami
darajasidagi vaziri bo„lgani, Farhodni begunoh qatl ettirgani haqidagi ma‟lumotlar
[6.638] mazkur obrazlarning tarixiy shaxslar ekanidan dalolat beradi. Asarda tarixiy
haqiqat yuksak badiiy haqiqatga aylantirilgan. “Tarixi muluki Ajam”da yozilishicha,
Xusrav Parvez hukmronligi Muhammad alayhissalomning payg„ambar etib
yuborilishi davriga to„g„ri kelgan. Payg„ambarimiz uni islom diniga da‟vat etib noma
yuborgan. Lekin u g„ururga ketib, muborak nomani yirtib otgan. Buyuk shoir
ta‟rificha, bu orqali u o„z mulki va davlatig„a qasd qilgan. Rasuli akram s.a.v.
mo„jizasidan mulki zavolga uchrab, o„g„li Sheruya podshoh bo„lgan [6.638]. Bundan
hazrat Navoiy tarixiy voqealar hamda Sharq xalqlari ijodiyotidagi ularga asoslangan
sayyor syujetlarni “Xamsa” konsepsiyasi asosida qayta ijod etib, mukammal badiiy
asar darajasiga ko„targani ayon bo„ladi.
“Xamsa”dagi besh doston muqaddimasi hamd, munojot va
na‟t boblaridan tarkib topgan va ular muallif ijodiy niyatidan kelib
chiqib doston xususiyatiga mos talqinlar bilan boyitilgan.