O’lumning qo’ri (o’lim panjasi) so’zi metaforik ma’no ko’chishi asosida hosil qilingan. Bunda qo’r (panja)leksemasi asli “qo’lning kaft va barmoqlardan iborat qismi” (O’TIL III 212-bet) ma’nosini bildiradi. Ushbu (o’lumning qo’ri) birikmada asl ma’no (organ)dan chetlashib, ko’chma “iskanja, yutqunlik, tobelik”ma’nosida qo’llangan. Bu esa baytda ohangdorlikni yuzaga keltirib, badiiylikni ta’minlamoqda.
Bo’di qisg’a, yunchig’-qilinchi bushi, Bushi qayda bo’lsa, tutushqa bashi. Bo’d o’tru kerak ham tengincha yarag’, Ishing o’rtu tut, biliglik kishi.
***
Bo’yi qisqalarning fasod qilmishi, Fasod qayda bo’lsa, urushning boshi, Yarashiq munosib bo’lar o’rta bo’y, Ishing o’rtacha tut, ey, dono kishi.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Xuddi shunday birikmani Boqijon To’xliyevtabdilida ham uchratish mumkin.
Siyosat boshini bo’sh qo’yma zinhor,
Ko’ngil berib, munkir, buzg’unchilar bor.
(Qutadg’u bilig. 139-bet.)
Boqib ko’r kitobni yaratgan kishi, Hunarli er emish,kishilar boshi.
(Qutadg’u bilig.9-bet)
Mazkurtutushqa bashi (urushning boshi), siyosat boshi, kishilar boshibirikuvidagi “bosh” leksemasining asl ma’nosi “tananing bo’yindan yuqorigi (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda) qismi, kalla” (O’TIL.I 136-bet)dir. Yuqoridagi birikuv(siyosat boshi)da “bosh” so’zi o’zining asl ma’nosi (tananing bo’yindan yuqorigi qismi, kalla)dan chekinib, ko’chma“ot bilan birikib shu ot orqali ifodalangan narsaning o’zini, ya’ni siyosat” ma’nosini bildirib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |