O‘zbekiston respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlardan foydalanish shartlari va O‘zbekiston



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/63
tarix14.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#177868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
65-сон 29.01.2018. pdf

6-bob. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlardan foydalanish shartlari va O‘zbekiston
Respublikasi hududida aniqlangan o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlarga qarshi
kurashish
Oldingi
 tahrirga qarang.


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
7/78
39. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni yetishtiruvchi, tayyorlovchi, realizatsiya
qiluvchi, qayta ishlovchi, eksport yoki import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mahsulotlar
saqlanadigan omborxonalari har oyda bir marta hududiy boshqarmalar tomonidan karantin
nazoratidan o‘tkaziladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
40. Zarur bo‘lganda, o‘simliklar karantini davlat inspektorining xulosasiga asosan xavfsizlik
qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish, tozalash va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
41. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni yetishtiruvchi, tayyorlovchi, realizatsiya
qiluvchi, qayta ishlovchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari joylashgan hududlarning fitosanitar
tozaligini ta’minlash uchun hududiy boshqarmalar bilan kelishib, mas’ul xodim ajratishlari shart.
Ushbu xodim hududdagi o‘simliklar va saqlanayotgan o‘simlik mahsulotlarining fitosanitar holati
bo‘yicha kuzatuv olib borishi, zararlanish yoki zararli organizmlar aniqlangan holatda esa zudlik
bilan Agentlikka xabar yetkazishi shart.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
42. Transport vositalari va o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar saqlanib turgan joylar
o‘simliklar karantini davlat inspektori talabiga binoan yuk ortilgan transport tashkilotlarining
vakillari, yuk egalari ishtirokida o‘simliklar karantini ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
43. Hududiy boshqarmalarning ruxsatisiz joylarda o‘simliklar karantini nazoratidagi import
mahsulotlarni boshqa tashkilotlarga berib yuborish yoki boshqa hududlarga jo‘natishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
44. O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi
mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini bo‘yicha tuzilgan xalqaro
shartnomalariga, shuningdek, savdo shartnomalari va import qiluvchi mamlakatning fitosanitar
talablariga javob berishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalari va
import qilayotgan mamlakatning fitosanitar talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlik rasmiy veb-
saytida e’lon qilinadi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-
dekabrdagi 752-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-
son)
45. O‘zbekiston Respublikasi hududida aniqlangan o‘simliklar karantinidagi zararli
organizmlarga qarshi kurashning quyidagi usullari amalga oshiriladi:
o‘simliklarning o‘sish davrida uchraydigan karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasallik
qo‘zg‘atuvchilari va begona o‘tlarga qarshi kimyoviy, mexanik hamda boshqa qiruvchi kurash chora-
tadbirlari;
omborxonalar, yopiq bino va inshootlarda o‘simliklarni karantindagi hasharot va kasalliklariga
qarshi zararsizlantirish ishlari (fumigatsiya) va boshqa chora-tadbirlar;
omborxonalarda saqlanayotgan o‘simlik karantini nazoratidagi mahsulotlarda karantindagi
yoki zaharli begona o‘t-urug‘lari aniqlansa, ular tozalanadi hamda chiqindilari yoqib yuborish yo‘li
bilan yo‘qotiladi;
karantin nazoratidagi mahsulotlarda begona o‘t turi aniqlanib u zaharli bo‘lmasa, ularni
tozalash natijasida chiqqan chiqindi tegirmonda karantin begona o‘t-urug‘larining unish
qobiliyatini yo‘qotish holatiga kelguncha maydalanib, chorva mollarini oziqlantirish uchun
foydalanilishi mumkin;
urug‘, ko‘chat yoki o‘simlik mahsulotlarining karantin zararkunanda, kasallik yoki begona o‘t
urug‘i bilan zararlanganligi aniqlansa, ularni belgilangan tartibda zararsiz holga keltirish uchun
barcha xarajatlar yuk egasining hisobidan amalga oshiriladi.


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
8/78

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin