5-bob. Transport vositalarini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan zararsizlantirish va tozalash Oldingi tahrirga qarang. 32. Transport vositalari (avtomobil, daryo va havo transporti hamda temir yo‘l vagonlari va
konteynerlari)ni o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan zararsizlantirish va tozalash zarurati
o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan aniqlanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1- apreldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 33. Transport tashkilotlari yoki yuk qabul qilib oluvchilar chegara maskanidagi o‘simliklar
karantini inspektorining ko‘rsatmasi asosida hududiy boshqarmalarning maxsus fumigatsiya
bo‘linmalariga zararsizlantirish tadbirlari o‘tkazish uchun talabnoma beradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son) Oldingi tahrirga qarang. 34. Chegara maskanlarida transport vositalarining barcha turlarida o‘simliklar karantini
nazoratidagi
mahsulotlarni
fumigatsiya
hamda
degazatsiya
qilish
ishlari
hududiy
boshqarmalarning maxsus fumigatsiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son) 35. Transport tashkilotlari va yuk qabul qilib oluvchilar tomonidan transport vositalari hamda
yuklarni zararsizlantirish uchun zararsizlantirish talablari va texnika xavfsizligiga javob beradigan
maxsus jihozlangan maydonlar va binolar ajratiladi.
36. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar chet mamlakatlardan transport vositalarida
zararsizlantirilgan holda jo‘natilganda, O‘zbekiston Respublikasi chegara maskanlaridagi o‘simliklar
karantini davlat inspektorlari tomonidan ularning degazatsiya sifati tekshiriladi.
37. Sitrus o‘simliklar mevalarini refrejeratsiya qilish va ularni muzlatgich kameralarda
zararsizlantirish yukni qabul qilib oluvchilar tomonidan o‘simliklar karantini davlat inspektori
nazoratida amalga oshiriladi.
38. Zararlangan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni fumigatsiya, degazatsiya,
refrejeratsiya qilish yoki boshqa usullarda zararsizlantirish (tozalash, qaytarib yuborish yoki boshqa
manzilga jo‘natish, yo‘q qilib tashlash), yuklarni, bagajlarni, pochta jo‘natmalarini ochish yoki
qadoqlash, ularni zararsizlantirish joylariga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish bilan bog‘liq
xarajatlar yukni qabul qilib oluvchilar hisobidan qoplanadi.