fitosanitar talablar — o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni o‘simliklar
karantinidagi va boshqa zararli organizmlar bilan zararlanmagan bo‘lishi va ushbu zararli
organizmlarni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlar;
fumigatsiya — o‘simliklar karantinidagi va boshqa zararli organizmlarni yo‘q qilish maqsadida
o‘simliklar karantini obyektlarini kimyoviy vositalar gazlari bilan zararsizlantirish;
transport birligini ochish dalolatnomasi — o‘simliklar karantini nazoratidagi import
mahsulotlarining karantin ruxsatnomasida belgilangan joyga yetib kelganligini tekshirib, transport
birligini ochish va o‘simliklar karantini tekshiruvidan o‘tkazish uchun beriladigan hujjat;
o‘simliklar karantini — qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar dunyosiga katta iqtisodiy zarar
yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlarning kirib kelishi, tarqalishi
hamda zarar yetkazishining oldini olish va ularga qarshi kurash choralarini amalga oshirishga
qaratilgan tadbirlar majmuasi;
o‘simliklar karantini ko‘rigi dalolatnomasi — transport birligini ochish dalolatnomasi
berilgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarda o‘simliklar karantindagi va boshqa zararli
organizmlar mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat;
o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar — o‘simliklar, ularning qismlari, ekish
materiallari, qayta ishlash mahsulotlari, o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlarni olib o‘tuvchi
bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar va yuklar;
o‘simliklar karantini tekshiruvi – o‘simliklar karantini obyektlaridagi zararli organizmlarni o‘z
vaqtida aniqlash maqsadida o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan o‘simliklar karantini
nazoratidagi mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, sotish va qabul qilish joylarini hamda ularga
tutash hududlarni, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan, o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar yerlarini tekshirish.
3. O‘simliklar karantini tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini
to‘g‘risida”gi
Qonuni
, o‘simliklar karantini qoidalari, boshqa qonun hujjatlari hamda fitosanitar
talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash, realizatsiya qilish
hamda respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va
jismoniy shaxslar o‘simliklar karantini profilaktika chora-tadbirlarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga
oshirish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan
o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar ro‘yxati mazkur Nizomga
1-ilovaga
muvofiq
belgilanadi.