O‘zbekiston respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/63
tarix14.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#177868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
65-сон 29.01.2018. pdf

3-bob. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi
mahsulotlar va transport vositalarini nazoratdan o‘tkazish
17. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar
va transport vositalari o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan davlat chegarasidan
o‘tish joylarida tashkil etilgan o‘simliklar karantini chegara maskanlarida nazoratdan o‘tkaziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘simliklar karantini davlat inspektorlari O‘zbekiston Respublikasiga transport vositalari
(avtomobil, daryo va havo transporti hamda temir yo‘l vagonlari va konteynerlari) orqali olib
kirilayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni hamda pochta jo‘natmalarini qabul
qilib olishda bevosita ishtirok etadilar.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-
martdagi 136-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y.,
09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar
tushirishga qadar birinchi marta (birlamchi) karantin ko‘rigidan o‘tkaziladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-
yanvardagi 32-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y.,
09/21/32/0058-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu mahsulotlarni ikkinchi marta (ikkilamchi) karantin ko‘rigidan o‘tkazish esa bojxona
hujjatlari rasmiylashtiriladigan hududdagi o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan mazkur
Nizomga 
2-ilovaga
muvofiq shakldagi transport birligini ochish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan
holda hamda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshirilgandan
so‘ng o‘simliklar karantini ko‘rigi yoki laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun ulardan belgilangan
tartibda namunalar olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
dekabrdagi 1046-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y.,
09/19/1046/4242-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Transport vositalari o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan birinchi marta
(birlamchi) karantin ko‘rigini o‘tkazishda uning tashqi qismi va muhrlanmagan boshqa karantin
nazoratidagi mahsulotlar olib kirishi mumkin bo‘lgan joylari karantin ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Karantin ostidagi mahsulotning karantin tekshiruvi o‘simliklar karantini davlat inspektorlari
tomonidan bojxona nazorati hududida ularni tushirish va bojxona identifikatsiya vositasini olib
tashlash joyida o‘rnatilgan tartibda karantin ko‘rigi yoki laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun
karantin ostidagi mahsulotdan namuna olish orqali amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y.,
09/21/32/0058-son)
19. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning yuzasida karantindagi zararli
organizmlar mavjud bo‘lmasa, o‘simlik mahsulotlarining fitosanitar holatini aniqlash uchun
o‘simliklar karantini chegara maskanlari inspektorlari yuk partiyalaridan belgilangan tartibda
namunalarni tanlab oladi va nazoratdan o‘tkazadi.
Olingan namunalarda o‘simliklar karantini ko‘rigi yoki laboratoriya tekshiruvi natijasida
o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarda o‘simliklar karantinidagi va boshqa zararli
organizmlar mavjud emasligi aniqlansa, ushbu yukdan foydalanish uchun o‘simliklar karantini
davlat inspektori tomonidan mazkur Nizomga 
2a-ilovaga
muvofiq shakldagi o‘simliklar karantini
ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirib beriladi.
20. Yuk va transport vositalarida karantindagi zararli organizmlar borligi aniqlansa, ularning
namunalari tasdiqlash uchun tegishli o‘simliklar karantini laboratoriyalariga yuboriladi. Ushbu
zararlangan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni belgilangan tartibda zararsizlantirish va
yuk jo‘natuvchiga qaytarib yuborishning imkoniyati mavjud bo‘lmasa yo‘q qilinishi lozim.
21. O‘zbekiston Respublikasining chegara maskaniga yetib kelgan avtomobil, havo va temir
yo‘l transporti ekipaji a’zolari qo‘l yukida o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlari bor-yo‘qligini


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
5/78
ko‘rsatishlari va agar mavjud bo‘lsa, ularni karantin nazoratidan o‘tkazishlari shart.
22. Avtomobil, havo va temir yo‘l transporti vositalari va ularning yuk xonasini ochib ko‘rish
chegara maskanidagi o‘simliklar karantini davlat inspektori talabiga binoan ushbu transport
vositalarining vakillari, haydovchilar yoki yuk egalari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan transport vositalari (avtomobil, daryo va havo
transporti hamda temir yo‘l vagonlari va konteynerlari) o‘simliklar karantini nazoratidagi
mahsulotlardan bo‘shatilganidan keyin transport egalari tomonidan, yuk olib borish mo‘ljallangan
joyda esa yukni qabul qilib oluvchi tomonidan tozalanishi lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-
apreldan kuchga kiradi)
24. Yuk bo‘shatilgan transport vositalarida karantindagi zararli organizmlar borligi aniqlansa,
o‘simliklar karantini davlat inspektori ushbu transport vositalarini zararsizlantirish uchun
ko‘rsatmalar beradi va bajarilishini nazorat qiladi.
25. Transport vositalaridagi karantindagi yoki boshqa xavfli zararli organizmlar bilan
zararlangan oziq-ovqat zaxiralari o‘simliklar karantini davlat inspektorining ko‘rsatmalariga binoan
transport vositalari bilan birgalikda to‘liq zararsizlantirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi
hududida bo‘lishi, omborxonalarda saqlanib plomba bosib qo‘yilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
26. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar ushbu Nizomning 
18-bandida 
nazarda
tutilgan ikkilamchi karantin ko‘rigidan o‘tkazilganidan keyin, laboratoriya ekspertizasi uchun
zarurat bo‘lmasa, ushbu mahsulotlar kelib tushgan joydagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini
va himoyasi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan mazkur
mahsulotdan foydalanish shartlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi va bajarilishi shart bo‘lgan fitosanitar
tadbirlari belgilanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
27. Karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar bilan
zararlangan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga nisbatan zararsizlantirish va
tozalashning samarali tadbirlarini qo‘llashning imkoni bo‘lmasa, ular belgilangan tartibda eksport
qiluvchi mamlakatga qaytarilishi yoki yo‘q qilinishi (maxsus joyda yoqib yuborish yoki chuqur qazib
ko‘mib tashlash yo‘li bilan) lozim.
28. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar solingan pochta jo‘natmalari va banderollar
O‘zbekiston Respublikasiga yetib kelganidan keyin o‘simliklar karantini nazorati va laboratoriya
tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
28 Karantin laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar
yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi.
(28 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/32/0058-son)

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin