O‘zbekiston respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. O‘zbekiston Respublikasiga o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/63
tarix14.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#177868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
65-сон 29.01.2018. pdf

2-bob. O‘zbekiston Respublikasiga o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirish
6. O‘zbekiston Respublikasiga o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, o‘simliklar karantini
qoidalari, boshqa qonun hujjatlari, fitosanitar talablari, ushbu Nizom hamda karantin
ruxsatnomalarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasiga o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirishga
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)
tomonidan berilgan karantin ruxsatnomasi hamda eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli davlat
organlari tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi bo‘lgan taqdirdagina
ruxsat beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-
dekabrdagi 752-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
3/78
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vakolatli davlat organlari mavjud bo‘lmagan eksport qiluvchi mamlakatdan o‘simliklar
karantini nazoratidagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga Agentlik tomonidan
har bir partiyaga alohida holda beriladigan karantin ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-
dekabrdagi 752-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-
son)
8. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar
davlat chegara maskanlarida o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan nazoratdan
o‘tkazilishi shart.
9. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan yoki fitosanitar nazoratidan
o‘tkazilmagan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib
kirish hollari aniqlangan taqdirda, ushbu mahsulotlar o‘simliklar karantini davlat inspektorlari
tomonidan mutaxassislar ishtirokida zararsizlantirilib, bu haqida dalolatnoma tuziladi hamda
manfaatdor taraflarga ma’lum qilinadi.
10. Pochta jo‘natmalarida, shuningdek avtomobil, havo va temir yo‘l transporti ekipaji a’zolari
va yo‘lovchilarining bagaji (qo‘l yuki)da O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki uning hududidan
olib o‘tish (tranzit) taqiqlangan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar mavjudligi aniqlansa,
o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan mazkur mahsulotlar olib qo‘yilishi va bagaj (qo‘l
yuki) egalari ishtirokida zararsizlantirilishi yoki yo‘q qilinishi lozim. Bunda o‘simliklar karantini davlat
inspektori tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, uning bir nusxasi mahsulot egasiga
topshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasiga chetdan kiritilishi mumkin bo‘lmagan o‘simliklarni ekish
materiallari, o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar va ularning hududlari ro‘yxatiga kiritilgan
o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlardan istisno tariqasida, begona o‘tlarning karantin
turlari qayta ishlangan holda ozuqa, yem-xashak va ilmiy maqsadlarda respublikaga olib kirilishiga
ruxsat beriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, konsullik
muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va savdo vakolatxonalarining (keyingi o‘rinlarda
diplomatik vakolatxonalar deb ataladi) nomiga yuborilgan va O‘zbekiston Respublikasiga kirib
kelgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning namunalari umumiy asoslarda
nazoratdan o‘tkazilishi lozim.
13. Diplomatik vakolatxonalar vakillariga davlat chegarasidan o‘tish vaqtida O‘zbekiston
Respublikasining o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda o‘simliklar karantini
nazoratidagi mahsulotlarni nazoratdan o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.
14. Diplomatik vakolatxonalar nomiga yuborilgan o‘simliklar karantini nazoratidagi
mahsulotlardan o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan uning egasi (vakili) va yuk kelib
tushgan joydagi bojxona organi xodimi ishtirokida laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olgan
holda, ular o‘simliklar karantini nazoratidan o‘tkaziladi. Mazkur yuklarga eksport qiluvchi
mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan fitosanitar sertifikati yoki
guvohnomasi ilova qilingan bo‘lishi lozim.
15. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotning namunalarida o‘simliklar karantinidagi
zararli organizmlar bilan zararlanish belgilari mavjud bo‘lsa, ular ekspertiza uchun tegishli karantin
laboratoriyalariga topshiriladi. Ushbu namunalarda karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar,
o‘simlik kasalliklari hamda begona o‘tlar mavjudligi aniqlansa, ularni zararsizlantirish yoki yuk
jo‘natuvchiga qaytarib yuborish shart, yuk jo‘natuvchiga qaytarib yuborishning imkoniyati mavjud
bo‘lmasa yo‘q qilinishi lozim. Bu haqida o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan alohida
dalolatnoma tuziladi va manfaatdor taraflarga uch ish kunida ma’lum qilinadi.
16. Diplomatik vakolatxonalar nomiga oziq-ovqat sifatida foydalanish maqsadida kelib
tushgan o‘simlik mahsulotlari uchun fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi mavjud bo‘lsa,
laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgandan keyin karantindagi zararli organizmlar mavjud bo‘lmasa,
zararsizlantirilmagan holda ulardan foydalanishga ruxsat etiladi.


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
4/78

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin