Iso Masihning hayoti va faoliyati Bibliya (Injil)ning «Yangi Ahd»
qismi, ya’ni yevangeliyalarda (grek tilida
euangelion
– yaxshi xabar degan
ma’noni anglatadi) batafsil bayon qilingan.
Diniy rivoyatlarga ko‘ra, farishta Gavriil (Jabroil) kambag‘al qiz
Mariya (Mariyam)ga xudo unga xaloskor-messiyaning onasi bo‘lishni ato
etganligi haqida xabar bergan. Mariya Ota xudo (xudoning qiyofalaridan
biri)dan g‘oyibdan homilador bo‘lgan. Uning eri qariya Iosif (Yusuf)
xotinining ilohiy homiladan tuqqan (Jabroil unga ma’lum qilgan) bolasini
qabul qilgan.
Iso 30 yoshga kirganidan keyin Iordan daryosi bo‘yida Ioan Cho‘qin-
tiruvchidan cho‘qintirishni qabul qilgan va da’vatkorlik faoliyatini
boshlagan. Uning atrofida shogirdlari, qarindosh-urug‘lari va yaqinlaridan
iborat maslakdoshlar guruhi shakllangan. Guruhning asosini Isoning 12
shogirdi – apostollar (grekcha
Dostları ilə paylaş: